O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tashabbusi bilan Xorazm viloyatida davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.
28.04.2026
Xorazm viloyatiga Hisob palatasi vakili — Bosh inspektor tayinlandi
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-252-son Farmoni ijrosini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, unda sohaga oid dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.
Seminarda viloyatdagi 371 ta mahalliy budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 799 nafardan ortiq mas’ul rahbarlari, moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, bosh hisobchilar, iqtisodchilar hamda komplayens va ichki audit xizmatlari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining viloyatdagi vakili etib tayinlangan — Bosh inspektor D.Urazimbetov, viloyat hamda tuman tashkilotlari rahbarlari, moliyaviy masalalar bo‘yicha mas’ullar, bosh hisobchilar, iqtisodchilar hamda komplayens va ichki audit xizmati xodimlari ishtirok etdilar.
Seminar davomida davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish, budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash, moliyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Qayd etilganidek, 2026-yil 1-apreldan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Hisob palatasining vakili — bosh inspektor faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu institut davlat moliyaviy nazoratini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Xorazm viloyati mahalliy budjetining 2026-yilda jami xarajatlari 5,3 trln so‘mni tashkil etib, xarajatlarning 2,0 trln so‘mi (37,6 foiz) sog‘liqni saqlash, 1,2 trln so‘mi (22,8 foiz) ta’lim, 258,5 mlrd so‘mi (5 foiz) investitsiya dasturlari hamda 1,8 trln so‘mi (34,8 foiz) boshqa sohalarga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari asosida qo‘shimcha 2,85 trln so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu moliyaviy resurslar ustidan nazoratni yanada kuchaytirishni talab etadi.
Seminar doirasida “aniqlash emas, oldini olish” tamoyili asosida nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, zamonaviy raqamli texnologiyalar va doimiy monitoring tizimlari orqali har bir budjet mablag‘i ustidan kuchaytirilgan nazorat o‘rnatilayotgani ta’kidlandi. Bu esa davlat mablag‘larining manzilli va samarali sarflanishini ta’minlash hamda shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga budjet intizomini mustahkamlash, moliyaviy qonunbuzilishlarning oldini olish hamda nazorat samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_49549c9e767b1f7690e8f710.png)
Innovatsiya sohasi hamda ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyati samaradorlik auditi.
1265
12.04.2026
Madaniyat vazirligiga Hisob palatasi vakili — Bosh inspektor tayinlandi
996
12.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4f038ca930e8130bc2fa17cf.jpg)
Islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini qiynayotgan masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident tomonidan Hisob palatasiga berilgan topshiriqlar
1765
15.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1ccfa3db3d276600090c5972.jpg)
BAYRAM TABRIGI
1291
26.05.2026
Nankin audit universiteti delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
2283
16.06.2026