15.06.2025
Islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini qiynayotgan masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident tomonidan Hisob palatasiga berilgan topshiriqlar
Joriy yilning 16 iyun' kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish boshida joriy yilning besh oyidagi iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlar qayd etildi. Bu davrda sanoat 6,4 foiz o‘sgan, eksport miqdori 18 foiz, xorijiy investisiyalar 46 foiz oshgan. Qiymati 3 milliard dollarlik 2 ming 500 dan ziyod yangi quvvat ishga tushgan. 2 million 400 ming odam daromadli bo‘lgan.
Yig‘ilishda tizimli masalalar hududlar va tarmoqlar kesimida tahlil qilinib, kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois ijro intizomini mustahkamlash, aholi muammolari bilan ishlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Bundan buyon ijro intizomiga Hisob palatasi mas'ul bo‘lib, uning vakolatlari kengaytirilishi Prezidentimiz tomonidan belgilandi.
Endi Hisob palatasi qarorlar bilan berilgan mablag‘larning faqatgina to‘g‘ri sarflanishi emas, balki qanday samara bergani va aholi bundan qanchalik rozi bo‘lganini ham o‘rganadi.
Hisob palatasi har bir qaror ijrosi natijadorligini tahlil qilib, zaif nuqtalar, rahbarlar va ishlamayotgan tizimlar bo‘yicha o‘z taklifini har oyda Prezidentga kiritadi.
Shu bilan birga, Hisob palatasiga bir oy ichida Toshkent shahrida o‘zini oqlagan “Xalq nazorati” elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirildi. Ushbu portal orqali aholi qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma muammolarini suratga olib va aniq manzilini ko‘rsatgan holda mobil ilova orqali yuboradi. Masalalarning qanchalik tez va sifatli hal etilishiga qarab, hokimlar faoliyati kunlik baholab borilishi ko‘rsatib o‘tildi. Bu tizim murojaatlarning yagona platformasi bo‘ladi va unga barcha vazirlik, idora, hokimliklar ulanadi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan Prezident maslahatchilari, Hukumat a'zolari, vazirlar va hokimlar axborot berdi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d31b1f8758a3504711184324.jpg)
“ICT Week Uzbekistan 2025” haftaligi doirasida Hisob palatsi e’tirof etildi
2404
25.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_904fc7a9b80da744eac79b9e.jpg)
“Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasiga start berildi
2573
30.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_917e73b3b80a3f68bc1183f9.jpg)
Hisob palatasi INTOSAI Taraqqiyot tashabbusi bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
1873
28.09.2025
Aloqabankda “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida yoshlarning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorlik auditi
331
05.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_97068a092541ecf6a23d6798.jpg)
O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi
1310
26.06.2025