21.04.2026
Senatda Sloveniya Audit sudi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Avval xabar qilinganidek, Sloveniya Respublikasi Audit sudi (Oliy audit organi) raisi Yana Ahchin boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ldi.

Tashrif doirasida Sloveniya delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T. Narbaeva bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv jarayonida ikki mamlakat Oliy audit muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik barqaror ravishda kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida imzolangan Hamkorlik memorandumi mazkur yo‘nalishdagi aloqalarni mustahkamlash va tajriba almashishni yanada rivojlantirishga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Oliy audit organlari tomonidan amalga oshirilayotgan tahlil va o‘rganishlar Parlament faoliyati bilan chambarchas bog‘liq ekani, shuningdek, ularning natijalariga tayangan holda samarali parlament nazoratini ta’minlash davlat dasturlarining sifatli bajarilishida muhim ahamiyat kasb etishi aytildi.
Bundan tashqari, tahlillar asosida davlat va mahalliy budjetlarni shakllantirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish, nazorat jarayonlarini raqamlashtirish hamda korrupsiyaga qarshi preventiv mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Shu bilan birga, ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Sloveniya Respublikasi Milliy kengashi o‘rtasidagi hamkorlik tizimli va konstruktiv xarakterga ega ekani ta’kidlandi. Parlament delegatsiyalari tashriflarini faollashtirish, dasturlar ijrosi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini kuchaytirish hamda bu borada o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Yakunida tomonlar O‘zbekiston va Sloveniya parlamentlari, shuningdek, oliy audit organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va tajriba almashuvini kengaytirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdilar.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ad55a5e1d1c03a8c4ebf8e27.jpg)
O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy audit organlari o‘rtasida parallel audit masalalari muhokama qilindi
272
09.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_2f38ab277f24efb38d50aa6b.jpg)
Xitoy Xalq Respublikasi Bosh auditori Hisob palatasiga tashrif buyurdi
1563
09.04.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6fce33862eb98f56d2363cab.jpg)
Hisob palatasi ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi
1616
14.04.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b2f49ad92869913625dde407.jpg)
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari Olimpiya shaharchasidagi sport tadbirlarida ishtirok etdi
72
22.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a7786e9339ab99836588f9b7.jpg)
Jahon banki bilan natijaga asoslangan moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi
1923
07.05.2025