16.06.2026
Nankin audit universiteti delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida Nankin audit universiteti rektori Dong Birong boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Buxoro davlat universiteti rektori O. Hakimov va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori S. Mehmonov ham ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Nankin audit universiteti Xitoy Moliya vazirligi va Milliy audit idorasi (Oliy audit organi) hamkorligida 1983-yilda tashkil etilgan. “Audit” nomiga ega dunyodagi yagona universitet hisoblanadi.
Uchrashuv avvalida Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullayev audit sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, zamonaviy kadrlar tayyorlash masalalari bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Qayd etilganidek, zamonaviy audit faqat moliyaviy hisobotlarni tekshirish bilan cheklanmay, katta ma’lumotlar tahlili (Big Data), sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar bilan boyib bormoqda. Shu jihatdan Nankin audit universiteti audit ta’limi va ilmiy tadqiqotlar sohasida dunyo miqyosida tan olingan yetakchi akademik markazlardan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, M. Abdullayevga 2025-yilning sentyabr oyida Nankin audit universitetining “Faxriy professor” unvoni berilgan.
O‘z navbatida M. Abdullayev Nankin audit universiteti bilan hamkorlik alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, mazkur oliy ta’lim muassasasi tomonidan unga berilgan “Faxriy professor” unvonini O‘zbekistonda audit sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va sohani modernizatsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarga berilgan yuksak baho sifatida qabul qilishini qayd etdi.
Uchrashuv davomida Nankin audit universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Buxoro davlat universiteti o‘rtasida yaqinda imzolangan Hamkorlik shartnomasi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, universitet tashabbusi bilan “Feniks kutubxonasi” jamg‘armasidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga 1 000 dan ortiq kitob va o‘quv qo‘llanmalari taqdim etilishi talabalar uchun muhim bilim manbai bo‘lishi qayd etildi.
Tomonlar mutaxassislar tayyorlash, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish, sun’iy intellekt va raqamli audit sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda Hisob palatasi kadrlarini xalqaro standartlar asosida tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 2025–2027 o‘quv yillarida Hisob palatasining 2 nafar xodimi Nankin audit universitetida audit yo‘nalishi bo‘yicha magistratura tahsilini boshlagani, bu amaliyot ilk bor yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Shuningdek, 2026–2028-yillar uchun yana 2 nafar yosh mutaxassisning mazkur universitetga o‘qishga yuborilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
O‘z navbatida, Dong Birong Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar izchil rivojlanayotganini alohida ta’kidladi. Mazkur dastur doirasida Nankin audit universiteti tomonidan bugungi kunga qadar 420 nafardan ortiq xalqaro audit mutaxassislari tayyorlangan.
Shu bilan birga, 2025-yilning aprel oyida tasdiqlangan Yo‘l xaritasi asosida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida audit sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar samarali bajarilayotgani qayd etildi.
Dong Birong Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Buxoro davlat universiteti bilan turli formatlarda (“3+1”, “4+0” kabi) qo‘shma o‘quv dasturlari jadal yo‘lga qo‘yilishini aytdi.
Xitoy delegatsiyasi Hisob palatasida tashkil etilgan Masofaviy nazorat markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Markazda Hisob palatasi tomonidan masofaviy davlat moliyaviy nazorati sohasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi qo‘shma tashabbuslar va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_48566d33c405db9a740c1a5d.jpg)
BAYRAM TABRIGI
2310
04.12.2025
Sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar
63
15.12.2025
Xavflarni boshqarish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
1648
20.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a7a07a236ea92771e679466a.jpg)
Suv xo‘jaligi vazirligida raqamlashtirish ishlari bo‘yicha muhokamalar
1564
01.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d8e7d28e7a521f8ee15d6a20.jpg)
Davlat auditi tizimida sun’iy intellekt va raqamlashtirishni rivojlantirishga qaratilgan Prezident Farmoni qabul qilindi
175
05.07.2026