O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi raisi Vugar Gulmammadov boshchiligidagi delegatsiya bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullayev qabul qildi.
09.03.2026
Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi raisi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Ma’lumot o‘rnida: Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi – byudjet va moliyaviy nazorat bo‘yicha davlatning Oliy organi bo‘lib, Milliy Majlis (Parlament)ga hisobdordir. 1999-yilda tashkil topgan. Kollegial boshqaruv tizimi asosida faoliyat yuritadi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlar chuqur tarixiy, madaniy va qardoshlik rishtalariga asoslangani ta’kidlandi. Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Bu jarayonlar ikki davlat rahbarlari tomonidan olib borilayotgan ochiqlik siyosati va keng ko‘lamli islohotlar natijasi ekani alohida aytildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat Oliy audit organlari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi kuni va istiqbollari keng muhokama qilindi. Ozarbayjon Hisob palatasi davlat moliyaviy nazorati tizimini modernizatsiya qilish, turli audit turlarini rivojlantirish va xalqaro audit standartlarini joriy etish sohasida katta tajribaga ega.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston va Ozarbayjon Hisob palatalari bir vaqtning o‘zida INTOSAI, AZOSAI, ECOSAI, MDH hamda Turkiy tilli davlatlar Oliy audit organlari kengashiga a’zo hisoblanadi. Ikki idoraning delegatsiyalari so‘nggi paytda Hindiston, Turkiya va Misrda o‘zaro uchrashuvlar o‘tkazgan.
Tomonlar davlat byudjeti loyihasi auditi, davlat mablag‘lari va mol-mulkini boshqarishda muvofiqlik auditi, ta’lim tizimidagi boshqaruv auditi, axborotlashtirish jarayonlari samaradorligini baholash hamda oziq-ovqat xavfsizligi tizimini moliyaviy ta’minlash auditi kabi yo‘nalishlarda tajriba almashish masalalarini muhokama qildi va fikr almashdi.
Ozarbayjon Hisob palatasi auditorlari tomonidan ushbu idoraning faoliyati, huquqiy asoslari, uning oldida turgan maqsad va vazifalari hamda audit tadbirlari yo‘nalishlari, davlat auditi obyektlari va moliyaviy nazorat ko‘lami bo‘yicha tematik prezentatsiyalar taqdim etildi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Hisob palatasi auditorlari tomonidan davlat byudjetini audit qilish va nazorat mexanizmlari, xalqaro standartlarni audit jarayonlariga joriy qilish, raqamli transformatsiya va masofaviy nazoratni tashkil etish mavzularida prezentatsiyalar qilindi.
Uchrashuv doirasida ikki idora o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Ushbu hujjat asosida tomonlar tashqi davlat auditi metodologiyasi sohasida tajriba almashish, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va professional ko‘nikmalarini oshirish, hujjatlar almashish hamda o‘zaro maslahatlashuvlar, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, parallel auditlar va vebinarlar o‘tkazishga kelishib oldi.
Ayniqsa, tomonlar o‘zaro kelishuv asosida joriy yil davomida iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan qator yo‘nalishlarda (tibbiy sug‘urta jamg‘armalarining daromadlari va xarajatlari auditi, shoshilinch tibbiy yordam xizmatini tashkil etish bilan bog‘liq faoliyat auditi, ta’lim tizimida axborot texnologiyalarining samaradorligi auditi va boshqalar) parallel auditlar o‘tkazishga tayyor ekanini bayon qildi.
Ozarbayjon delegatsiyasi so‘ng Hisob palatasida faoliyat yuritayotgan Masofaviy nazorat markazi faoliyati bilan tanishdi va raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi. Delegatsiya a’zolariga davlat idoralarida risk-tahlillarini amalga oshirish uchun joriy etilgan “Masofaviy audit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi taqdim etildi.
V. Gulmammadov boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi ikki davlat Oliy audit organlari o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4312aac0e6a46ddef374b390.jpg)
Xalq bankida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar ajratilishi masofaviy auditdan o‘tkazildi
2391
09.09.2025
Hisob palatasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
1168
19.06.2026
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasidagi vakant lavozimlarga tanlov o‘tkazish bo‘yicha E’LON
2748
30.09.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ab2441d04b3efc532dcd0366.jpg)
Tashabbusli budjet loyihalari samaradorligi bo‘yicha o‘rganish natijalari
1094
12.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_49d31b34666958746ba5309f.jpg)
SUV RESURSLARINI BOSHQARISH VA IRRIGATSIYA SEKTORINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA BELGILANGAN VAZIFALAR IJROSI TAHLILI
1512
11.05.2026