Saytning eski versiyasiga o`tish

O'zb

30.09.2026

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasidagi vakant lavozimlarga tanlov o‘tkazish bo‘yicha E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi audit sohasidagi mutaxassislarni ishga qabul qilish bo‘yicha vakant lavozimlar uchun arizalarni qabul qilmoqda.

Talab qilinadigan kompetensiyalar


– moliya, iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi yoki audit sohasida oliy ma’lumot;


– audit yoki moliyaviy nazorat bo‘yicha amaliy tajriba;


– budjet xarajatlari va moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish;


– xatarlarni baholash, audit dalillarini to‘plash, asoslantirilgan xulosa va tavsiyalar tayyorlash;

– audit standartlarini bilish;


– mantiqiy va tanqidiy fikrlash, sohadagi innovatsiyalarni, xalqaro ilg‘or amaliyotni tushunish va qo‘llash;


– davlat tilini yaxshi bilish, savodli yozish ko‘nikmalari, xolislik hamda kasbiy odob-axloq va maxfiylik talablariga rioya qilish.


Audit, buxgalteriya va moliya sohalarida xalqaro professional sertifikatlar hamda malaka darajalariga ega bo‘lishi, shuningdek, xorijiy tillarni bilish va xalqaro audit tashkilotlarida («Big Four») ish tajribasiga ega bo‘lish ma’qullanadi.


Ijtimoiy paket


Xodimlar va ularning oila a’zolari uchun kafolatlangan tibbiy xizmatdan foydalanish, sanatoriylarda davolanish va sog‘lomlashish, uy-joy ijarasi xarajatlarining bir qismini qoplash hamda transport xizmati kabi muhim ijtimoiy qulayliklar yaratilgan.


Mehnatga haq to‘lash miqdori milliy darajadagi “A” guruhiga kiruvchi davlat organlari darajasida belgilangan (ma’lumot uchun: milliy darajadagi tashkilotlar tarkibiga eng yuqori bo‘lgan davlat organlari kiradi).


Arizalarni berish tartibi


Vakant lavozim uchun tegishli tajriba hamda bajarilgan ish yoki loyihalardan 2–3 ta namunani ko‘rsatgan holda ma’lumotnomani (CV) taqdim eting.


Tanlov jarayoni talablarga muvofiqlikni tekshirish, mutaxassislikka oid amaliy topshiriq, test va suhbatni o‘z ichiga oladi. Belgilangan talablarga javob beradigan nomzodlar amaliy topshiriqni bajarish huquqiga ega bo‘ladilar.


Hujjatlarni qabul qilish elektron pochta manzili: hp@ach.gov.uz


Ma’lumot uchun telefon: (71) 236-80-06