Joriy yilning 1-5-dekabr kunlari Latviya Respublikasi Davlat audit idorasi Bosh auditori Edgars Korchagins boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda amaliy tashrif bilan bo‘lmoqda.
03.12.2025
Latviya Respublikasi Davlat audit idorasi bilan Hamkorlik kelishuvi imzolandi
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – ikki davlat Oliy audit organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash hamda tashqi audit sohasida tajriba almashish.
Uchrashuv davomida ikki tomon vakillari maqsadli mavzularda taqdimotlar o‘tkazdi. Taqdimotlarda dolzarb bo‘lgan auditning tematik yo‘nalishlariga eʼtibor qaratildi. Xususan, faoliyatni raqamlashtirish, risk tahlillarda sunʼiy intellektni qo‘llanishi, audit metodologiyalarini takomillashtirish, xalqaro audit standartlarini joriy qilish bo‘yicha fikr almashildi.
Shu bilan birga, Latviya Respublikasi Davlat audit idorasi bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan tomonlar o‘rtasida Memorandum imzolandi.
Ushbu Memorandum doirasida ikki mamlakat Oliy audit organlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, tashqi audit metodologiyalari, axborot texnologiyalari va innovatsion yechimlar sohasida tajriba almashish, shuningdek, kadrlar salohiyatini oshirish va kasbiy rivojlanishni rag‘batlantirish bo‘yicha kelishuvlar nazarda tutilgan.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_eaefb543b2f7ac687b3edf88.png)
Toshkent shahar issiqlik ta’minoti uchun budjetdan ajratilgan subsidiyalarning asosliligi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari
1108
08.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1ccfa3db3d276600090c5972.jpg)
BAYRAM TABRIGI
1291
26.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_2c3ea0b3e72305aacb2fa8f0.jpg)
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlari ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi
697
31.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b802463fa079e7fe3e4fc61c.jpg)
Turkiy tilli davlatlar Oliy audit organlari tashkiloti (TURKSAI) ga asos solindi
720
23.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3e723a0064aa70e40a6aafac.jpg)
Hisob palatasi INTOSAIning Davlat qarzi bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi
973
26.06.2026