O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi INTOSAIning Davlat qarzi bo‘yicha ishchi guruhiga (Working Group on Public Debt – WGPD) rasmiy qabul qilindi.
26.06.2026
Hisob palatasi INTOSAIning Davlat qarzi bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi

Bu haqda Filippin Respublikasi Audit komissiyasi raisi hamda INTOSAI Davlat qarzi bo‘yicha ishchi guruhi (WGPD) raisi Gamaliel Kordoba tomonidan yuborilgan rasmiy maktubda ma’lum qilindi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining INTOSAI Davlat qarzi bo‘yicha ishchi guruhi faoliyatida ishtirok etish istagi yuksak baholangani hamda Ishchi guruh Nizomi talablariga muvofiq, shuningdek, WGPD raisi o‘rinbosari – Argentina Oliy audit tashkiloti bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlar natijasida Hisob palatasi mazkur ishchi guruhning yangi a’zosi sifatida qabul qilingani qayd etilgan.
Ma’lumot uchun: INTOSAIning Davlat qarzi bo‘yicha ishchi guruhi davlat qarzini audit qilish sohasida eng yuqori xalqaro standartlarni ilgari surish, davlat qarzini samarali boshqarishga oid ilg‘or amaliyotlarni rivojlantirish, oliy audit organlari o‘rtasida bilim va tajriba almashish, uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda mazkur yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan nufuzli ekspert platformasi hisoblanadi.
Maktubda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining ishchi guruhdagi ishtiroki nafaqat milliy audit tizimini yanada takomillashtirishga, balki INTOSAI doirasida davlat qarzi auditini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan umumiy sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirilgan.
INTOSAIning Davlat qarzi bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘lish O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi uchun davlat qarzini audit qilish sohasida ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish, zamonaviy yondashuv va metodologiyalarni milliy amaliyotga joriy etish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda xalqaro ekspertlar bilan samarali hamkorlikni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_19ee8bfbdea2261719c8a8ba.jpg)
O‘zbekiston Hisob palatasi delegatsiyasi Latviya Davlat audit idorasiga tashrif buyurdi
607
19.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_99078ff3540411112f0e58dd.jpg)
Kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari koʻrib chiqildi
1346
10.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c1ce03e8935b911b87aa61ec.jpg)
O‘zbekiston Prezidenti dunyo mamlakatlarini o‘zaro hamjihatlik, ochiq muloqot va yaqin sheriklikka chaqirdi
2952
23.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b2f49ad92869913625dde407.jpg)
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari Olimpiya shaharchasidagi sport tadbirlarida ishtirok etdi
1034
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_af47320b0a0a27b80d826ef9.jpg)
Madaniyat vazirligi huzuridagi “Situatsion markaz”ning joriy faoliyati
2058
03.08.2025