O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2024 yil 16 yanvar' kuni o‘tkazilgan “2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Madaniyat vazirligi huzurida “Situatsion markaz” tashkil etilgan.
03.08.2025
Madaniyat vazirligi huzuridagi “Situatsion markaz”ning joriy faoliyati

Uning vazifasi byudjet qonunchiligining buzilishi, moliyaviy kamchiliklar va korrupsiyaviy holatlar yuzaga kelishining oldini olish, byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan masofaviy monitoringdan iborat.
Ushbu Markaz orqali madaniyat muassasalarida amalga oshirilayotgan barcha moliyaviy operatsiyalar onlayn tarzda kuzatib boriladi va nazorat qilinadi. Bu tizim orqali moliyaviy intizom kuchaytirilib, xarajatlarning aniqligi va mablag‘lardan maqsadli foydalanish ta'minlanadi.
Markaz o‘z faoliyatida Hisob palatasining “Masofaviy nazorat markazi” hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Monitoring portali” axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
Bugun Hisob palatasi raisi o‘rinbosari A. Allaberganov Markazda bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida u axborot tizimlari orqali amalga oshirilayotgan nazorat jarayonlari, tezkor tahlil va monitoring imkoniyatlarini ko‘zdan kechirib, Markaz faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qator amaliy taklif va tavsiyalar bildirdi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4403b13492a599acd1835253.jpg)
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
1396
05.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_39a1844657af2767e3a71468.jpg)
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash auditi
957
17.03.2026
Latviya Respublikasi Davlat audit idorasi bilan Hamkorlik kelishuvi imzolandi
2473
03.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/27151d48-0f60-0f79-41a2-a45d0b89f967.jpg)
Ommaviy tadbirlarda qatshish
2216
05.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_24c7bc6272f538286fe1870d.jpg)
Davlat moliyaviy nazorat organlari va ichki audit xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘quv seminari
2179
11.08.2025