Hisob palatasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash zaxira jamg‘armalari mablag‘larining shakllanishi va maqsadli foydalanilishi masofaviy tarzda o‘rganildi.
17.03.2026
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash auditi

Davlat Rahbari huzurida 2020-yil 16-oktabr kuni “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va ichki bozorda narx-navoning barqarorligini saqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida (81-son bayon) hududlarda aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash zaxira jamg‘armalarini tashkil etish belgilangan.
O‘rganishda ayrim hududlarda jamg‘arma faoliyati yetarli tashkil etilmaganligi, kelgusida jamg‘armaga mablag‘lar jalb qilish orqali narx barqarorligini ta’minlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, jamg‘arma ajratilgan mablag‘laridan samarali foydalanish, tadbirkorlarga tijorat banklari orqali imtiyozli kreditlar asosida mablag‘lar ajratilishi hamda ajratilgan resurslarni belgilangan muddatlarda qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Jumladan:
– Namangan, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozordagi shart-sharoitlar hamda narx-navoni barqaror saqlash maqsadida jamg‘arma faoliyatini jadallashtirish;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tijorat banklari bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlariga oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va narx barqarorligini ta’minlash bo‘yicha doimiy monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish va tezkor choralar ko‘rib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0161eda03a9ac89d4dddf55e.jpg)
Oʻzbekiston Prezidenti barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun tinchlik va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi
2759
11.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/d69747ba-19a9-3e41-3bf0-7e36f941a99a.jpg)
Xalqaro audit standartlari asosida auditni tashkil etish mavzusida amaliy seminar
2278
29.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6b28558577319a7838f3009e.png)
21-oktabr Özbek tili bayrami kuni
103
20.10.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d2a2673bdef33bed336fd3a2.jpeg)
Hisob palatasi delegasiyasi XXV INKOSAIda ishtirok etdi
1985
28.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a3b1c8bb554833cf86d75afc.jpg)
Hisob palatasi tomonidan 2026-yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
1289
16.07.2026