Saytning eski versiyasiga o`tish

O'zb

20.10.2026

21-oktabr Özbek tili bayrami kuni

Hurmatli yurtdoşlar! Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Tilning qadri faqat uning boyligi va tarixi bilan emas, bugun hayotimizning barça sohalarida qanday qöllanilayotgani bilan ham belgilanadi.



Davlat boşqaruvida har bir sözning öz örni va mas’uliyati bor. Qonun, qaror yoki rasmiy hujjatdagi bitta noaniq ibora ham uni turliça tuşunişga sabab bölişi mumkin. Şu bois davlat tilida aniq, ravon va tuşunarli yoziş — şunçaki iş yuritiş talabi emas, balki kasbiy mas’uliyat hamdir.



Hisob-kitobda aniqlik qançalik muhim bölsa, uni ifodalaşdagi aniqlik ham şunçalik muhim. Bu tamoyil Hisob palatasi faoliyatida ham alohida ahamiyatga ega.



Ona tilimizga hurmatni, eng avvalo, undan töğri foydalaniş, uning imkoniyatlarini kengaytiriş va yoş avlodga munosib yetkaziş orqali namoyon etaylik.



Özbek tili bayrami barçamizga muborak bölsin!





Özbekiston Respublikasi

Hisob palatasi jamoasi