26.09.2025
Xitoyda ShHTga a'zo mamlakatlar yosh auditorlari uchun xalqaro seminar bo'lib o'tdi
Joriy yilning 22-26 sentyabr kunlari Nankin va Shanxay shaharlarida ShHTga a'zo mamlakatlar yosh auditorlari uchun Xitoy Milliy audit idorasi tomonidan xalqaro seminar o‘tkazildi.

Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – davlat auditi sohasida amaliy bilim va tajriba almashish, davlat auditini rivojlantirishda yosh auditorlarning o‘rnini oshirish.
Ushbu tadbirda 42 davlatdan 80 ga yaqin vakillar ishtirok etdi. Unga Qozog‘izston, Indoneziya va boshqa Osiyo mamlakatlari Oliy audit organlari rahbarlari ham tashrif buyurdi.
Seminarda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining ikki auditori A. Xasanov va Sh. Umedillaev ham qatnashdi.
Tadbirga Xitoy Bosh auditori Xou Kai raislik qildi. Uchrashuvlarda asosiy e'tibor audit amaliyoti mustaqilligini mustahkamlash, hisobot berish sifatini oshirish, davlat moliyaviy nazorati milliy tizimlarini rivojlantirishda yosh mutaxassislarning rolini kengaytirish masalalariga qaratildi.
Xalqaro audit hamjamiyat vakillari Xitoy Milliy audit idorasining davlat auditi jarayonlari bilan tanishdi.
Dastur doirasida “Kasbiy mahoratni oshirish” va “Texnologik innovasiyalarni joriy etish” mavzulari bo‘yicha auditorlik kasbini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar o‘rganildi.
Osiyo makoni (AZOSAI) yosh auditorlarining professional ko‘nikmalarini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va auditorlarning global yoshlar hamjamiyatini shakllantirish tashabbuslarini o‘z ichiga olgan xalqaro murojaati taqdim etildi.
Nankin audit universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda Shanxay shahar audit boshqarmasi yosh auditorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Bu esa professional va madaniyatlararo aloqalarni o‘rnatish imkonini berdi.
Tadbirlar konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi. ShHT ga a'zo mamlakatlar yosh auditorlari o‘zlarining faoliyatlari uchun yangi motivasiya va yo‘nalishlar olishga muvafaq bo‘ldi.



Boshqa yangiliklar
Latviya Respublikasi Davlat audit idorasi bilan Hamkorlik kelishuvi imzolandi
1602
03.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3f46fcfe37f656201ef62b96.jpg)
Mustaqillik bayrami munosabati bilan turli sohalar vakillariga oliy mukofotlar topshirildi
1022
26.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6fce33862eb98f56d2363cab.jpg)
Hisob palatasi ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi
876
14.04.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d344f2ca89bdb915f4f0e63e.jpg)
Hisob palatasi tomonidan xalqaro auditorlik standartlari asosida ilk bor moliyaviy audit o‘tkazildi
1266
01.09.2025
Vengriya Oliy audit organi auditorlari tomonidan Hisob palatasi uchun vebinar o‘tkazildi
1888
11.12.2025