Braziliya Federativ Respublikasining Braziliya shahrida 2026-yilning 16-19-iyun kunlari INTOSAI Qazib olish sanoatini audit qilish bo‘yicha ishchi guruhining 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
24.06.2026
Braziliyada bo‘lib o‘tgan INTOSAI ishchi guruhi yig‘ilishida Hisob palatasining vakili ishtirok etdi
Ushbu yig‘ilish Braziliya Federal Hisob sudi (Oliy audit organi) va Ishchi guruh raisi Uganda Bosh auditori tomonidan birgalikda tashkil etildi. Unda 30 dan ortiq mamlakatning Oliy audit organlari vakillari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mas’ul xodimi Sh. Umedillayev ham ishtirok etdi.
Yig‘ilishning asosiy mavzusi “Energetik o‘tishda muhim ahamiyatga ega minerallar: global tendensiyalar va boshqaruv uchun oqibatlar” deb belgilandi.
Tadbir doirasida S&P Global Energy kompaniyasi tomonidan energetik o‘tish uchun muhim ahamiyatga ega minerallarning jahon bozoridagi tendensiyalari, elektromobillar va akkumulyator texnologiyalariga bo‘lgan talabning o‘sishi hamda Oliy audit organlarining mineral resurslarni boshqarishdagi roli haqida asosiy ma’ruza taqdim etildi.
Shuningdek, Braziliyaning Neft, tabiiy gaz va bioyoqilg‘i milliy agentligi (ANP) hamda Braziliya Neft, gaz va bioyoqilg‘i instituti (IBP) mutaxassislari tomonidan Braziliyaning neft-gaz sohasini boshqarish tajribasi taqdim etildi.
Xususan, xorijiy kompaniyalar faoliyatini nazorat qilish, mahsulot taqsimlash shartnomalari (PSA) doirasida davlat manfaatlarini himoya qilish, xarajatlarning asoslanganligini tekshirish tartib-taomillari va mahalliy tarkib talablari muhokama qilindi.
Xalqaro dengiz tubini muvofiqlashtirish organi (ISA) vakili tomonidan xalqaro suvlarda dengiz tubidan foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha yangi tendensiyalar va boshqaruv masalalari haqida maxsus mashg‘ulot o‘tkazildi.
Bu mavzu O‘zbekiston kabi quruqlikda qazib olish faoliyatini amalga oshiruvchi mamlakatlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi, chunki keng ko‘lamli dengiz tubi qazib olinishi jahon xom ashyo narxlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
INTOSAI mintaqaviy tashkilotlari vakillari o‘z mintaqalarida qazib olish sanoatini audit qilish sohasidagi tashabbuslar holati haqida ma’lumot taqdim etdi.
Yig‘ilish doirasida Ishchi guruhining 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan yangi Ish rejasi loyihasi muhokama qilindi va ustuvorliklar belgilab olindi.
Tadbir qazib olish sanoati auditi sohasida xalqaro tajriba almashish, energetik o‘tishda Oliy audit organlarining rolini kuchaytirish va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xalqaro hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_2a5db6b395ad5612e248a83e.png)
O‘zbekiston va Avstriya Oliy audit organlari audit sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda
306
16.09.2026
Aloqabankda “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida yoshlarning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorlik auditi
1679
05.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d8e7d28e7a521f8ee15d6a20.jpg)
Davlat auditi tizimida sun’iy intellekt va raqamlashtirishni rivojlantirishga qaratilgan Prezident Farmoni qabul qilindi
1135
05.07.2026
Sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar
716
15.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0209e740fd8485c962029a4d.jpg)
Qurilish materiallari sohasini rivojlantirish boʻyicha yangi vazifalar belgilandi
918
25.06.2026