Joriy yilning 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tashabbusi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
15.12.2025
Sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar
Mazkur tadbirda 20 dan ortiq strategik ahamiyatga ega yirik davlat korxonalarining mas’ul vakillari, universitetning professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari ishtirok etdi.
Seminar avvalida Hisob palatasi raisi o‘rinbosari S.Mirzayev sun’iy intellekt texnologiyalarining davlat auditi tizimidagi o‘rni, mavjud imkoniyatlari, kutilayotgan natijalari hamda ularni amaliyotga joriy etishda uchrayotgan dolzarb masalalarga urg‘u berdi.
Tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori T.Teshabaev, Hisob palatasining mas’ul xodimlari A.Soliev, Sh.Fayziev, A.Atoev va X.Jamalovlar tomonidan audit jarayonlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash, Hisob palatasida amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari hamda mazkur sohadagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etildi.
Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish departamenti boshlig‘i S.Sadullaev O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.
Ma’ruzalarda moliyaviy nazorat tizimlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish samaradorlikni oshirish bilan birga jamoatchilik ishonchini mustahkamlashning muhim omili ekani, shuningdek, zamonaviy AKTdan foydalanish audit faoliyatida tezkorlik va aniqlikni ta’minlashi, davlat boshqaruvini yanada shaffoflashtirishi ta’kidlandi.
O‘quv-amaliy seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollar muhokama qilinib, ularga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_552cbbaafc5ca2676ab46af1.jpg)
Davlat idoralarida ijro intizomiga bag‘ishlangan o‘quv seminarlar boshlandi
818
13.07.2026
O‘zbekiston va Qozog'iston Oliy audit organlari o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi
772
30.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a7a07a236ea92771e679466a.jpg)
Suv xo‘jaligi vazirligida raqamlashtirish ishlari bo‘yicha muhokamalar
2317
01.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_af47320b0a0a27b80d826ef9.jpg)
Madaniyat vazirligi huzuridagi “Situatsion markaz”ning joriy faoliyati
2058
03.08.2025
Buvayda va Yozyovon tumanlarida yangi “o‘sish nuqtalari” aniqlandi
459
09.01.2025