09.01.2025
Buvayda va Yozyovon tumanlarida yangi “o‘sish nuqtalari” aniqlandi
Hisob palatasi tomonidan Farg‘ona viloyatining Buvayda va Yozyovon tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “o‘sish nuqtalari” va qo‘shimcha imkoniyatlar tahlil qilindi.
O‘rganishlar natijasida har ikki tumanda sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm, xizmat ko‘rsatish, investitsiyalarni jalb etish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha katta salohiyat mavjudligi aniqlandi.
Xususan, Buvayda tumanida turizm salohiyatidan samarali foydalanish, eski bog‘ va uzumzorlarni rekonstruksiya qilish, eksportbop meva-sabzavot yetishtirish, sholichilik va qulupnaychilikni rivojlantirish, shuningdek, mebelchilik, temirchilik va tikuvchilik yo‘nalishlarida sanoat markazlarini tashkil etish taklif etildi.
Yozyovon tumanida esa “Markaziy Farg‘ona” suv ombori atrofida ekoturizm majmuasini barpo etish, yo‘l bo‘yi xizmatlarini kengaytirish, limonchilik va baliqchilikni rivojlantirish, maxsus kichik sanoat zonasini tashkil etish hamda tuman markazini renovatsiya qilish bo‘yicha loyihalar belgilandi.
Shuningdek, tumanlarda mavjud kichik sanoat zonalari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, A-373 “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘li bo‘yida zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish hamda yoshlar uchun zamonaviy kasblarga o‘qitish markazlarini barpo etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Audit natijalariga ko‘ra, 2027-yil yakuniga qadar Buvaydada 240 ta, Yozyovonda 317 ta loyihani amalga oshirish hisobiga har ikki tumanda jami 16 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish bo‘yicha imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.
Buning natijasida sanoat va xizmat ko‘rsatish hajmlarini sezilarli oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish, mahalliy budjet daromadlarini ko‘paytirish hamda aholi bandligini ta’minlashga erishish rejalashtirilgan.
Tumanlarda “Elektron hokimlik” axborot tizimini joriy etish, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni onlayn monitoring qilish va “xufyona” iqtisodiyotni aniqlash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ham takliflar berildi.
Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihalari ishlab chiqildi. Ularni mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilangan.
Boshqa yangiliklar
Ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari bo‘yicha seminar
2051
07.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_939e71af7d3d9867f31d3d13.png)
MDH Oliy audit organlari davlat auditi sifati masalalarini muhokama qildi
628
04.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e783e1bc449a85f7e470f997.jpg)
Hisob palatasi vakillari INTOSAI davlat xaridlari auditi bo‘yicha ishchi guruhning yig‘ilishida ishtirok etdi
554
07.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f5931ac976b5d1f3a488568e.jpg)
BAYRAM TABRIGI
900
06.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_677681865e7ae457868e1370.jpg)
O‘zbekiston Hisob palatasi auditorlari Turkiyadagi treninglarda ishtirok etdi
1803
06.09.2025