Hisob palatasining "Masofaviy audit" axborot tizimida maktabgaça ta’lim taşkilotlarining mablağga ehtiyojini aniqlaş va xarajatlarini onlayn nazorat qiliş imkoniyati yaratildi.
02.11.2026
Hisob palatasi maktabgaça ta’lim xarajatlarini rejalaştiriş va nazorat qiliş tizimini taqdim etdi

Buning uçun Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda kommunal xizmat körsatuvçi taşkilotlarning axborot tizimlari integratsiya qilinib, ma’lumot almaşiş yölga qöyildi.
Tizim har bir ta’lim taşkilotiga qança mablağ zarurligi, qança ajratilgani va amalda qança sarflanganini özaro taqqoslab tahlil qiladi. Bu mablağ yetişmovçiligi va ortiqça xarajat xavfini öz vaqtida köriş, mablağlarni rejalaştiriş va taqsimlaşda aniq hisob-kitoblar qiliş imkonini beradi.
Hisob palatasida ötkazilgan taqdimotda Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qiliş böyiça örinbosari Obid Hakimov, Boş vazirning birinçi örinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov hamda Hisob palatasi rahbariyati iştirok etdi.
Taqdimotda tizimdan sohani moliyalaştiriş va xarajatlar samaradorligini oşirişda foydalaniş masalalari muhokama qilindi. Vazirliklarga uni amaliyotda sinab köriş imkoniyati berildi hamda natijalar asosida takomillaştiriş böyiça yöl xaritasini işlab çiqişga kelişib olindi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_01897bf9acd5acd91ed6bcac.jpg)
Ijro intizomini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
3115
30.07.2025
Sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar
3282
16.12.2025
Özbekistonda Oliy audit organlari uçun mintaqaviy seminar ötkazilmoqda
263
28.10.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_21b102bf268798ed41c5cdfb.jpg)
Prеzidеntning O‘zbеkiston хalqiga Ramazon tabrigi
1311
18.02.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7c2ad960197aca90a6300cc2.jpg)
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining byudjet ijrosi bo‘yicha taqdimoti tinglandi
2461
09.07.2025