27.10.2026
Hisob palatasi transformatsiyasi va islohotlar natijadorligini ta’minlaşda davlat auditining örni
Özbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2026-yilning 9 oyidagi faoliyati yakunlari yuzasidan brifing ötkazildi. Unda Hisob palatasi matbuot kotibi Dildora Xaşimova hisobot davrida amalga oşirilgan asosiy işlar haqida ma’lumot berdi.

Hisob palatasi tomonidan 2026-yil 9 oylik iş rejalar doirasida 84 ta audit tadbiri (şundan, 46 tasi masofadan) ötkazildi.
Ötkazilgan audit tadbirlari yuzasidan Prezident Administratsiyasi va Hisob palatasi tomonidan mutasaddi taşkilotlarga tegişli körsatmalar berildi, ularning ijrosi tizimli nazorat qilib borilmoqda.
Natijada:
1. Xarajat yönalişida 2 trln söm moliyaviy xatoliklar aniqlanib, bartaraf etiş çoralari körildi, 4,2 trln söm maqbullaştirildi va 23,6 mlrd söm noqonuniy xarajatlarning oldi olindi hamda bugungi kunga qadar budjetga 250,2 mlrd söm undirildi. Undirilişi lozim bölgan qolgan mablağlar böyiça işlar davom etmoqda.
2. Daromad yönalişida 1,6 trln sömlik qöşimça soliq va majburiy tölov manbalari mavjudligi aniqlanib, şundan 656,3 mlrd sömi budjetga undirildi. Qolgan mablağlarning budjetga tuşişini ta’minlaş yuzasidan tegişli çoralar körilmoqda.
3. Davlat xaridlari sohasida 10,2 trln sömlik qonunçilik talablarining buziliş holatlari ma’lum böldi.
Aniqlangan holatlarga huquqiy baho beriş uçun 4,8 trln sömlik hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etildi, 222,3 mlrd sömlik hujjatlar böyiça mansabdor şaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Barça holatlarni bartaraf etiş va kelgusida oldini oliş böyiça vazirlik va idoralarga körsatmalar yuborildi.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining 2026-yil 1-yarim yillik ijrosi töğrisidagi hisobot taşqi auditdan ötkazildi.
Audit tadbirlari natijasida tizimli muammolarni bartaraf etiş uçun 20 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqiş böyiça takliflar kiritildi. Bugungi kunda ulardan 4 tasi qabul qilindi. Qolgan loyihalar böyiça tegişli vazirlik va idoralar bilan kelişiş hamda belgilangan tartibda körib çiqiş işlari davom etmoqda.
Hisob palatasining Masofaviy nazorat markazi tomonidan ötgan 9 oy davomida aniqlangan risklardan 17,1 trln sömi bartaraf etildi va 90 mlrd sömlik kamçiliklarning barvaqt oldi olindi.
Bundan taşqari, Hisob palatasining “Masofaviy audit” axborot tizimida 5 ta yönaliş böyiça sun’iy intellektdan foydalaniş jarayonlari avtomatlaştirildi va bugungi kunda 115 mlrd sömlik qonunbuziliş holatlari bartaraf etildi.
“Masofaviy audit” axborot tizimi — inson omili ta’sirini kamaytiriş, tahlilni tezlaştiriş va risklarni avtomatik aniqlaşga xizmat qiladi. Ta’kidlaş kerak, ICTWEEK Uzbekistan 2026 haftaligi doirasida Hisob palatasi “Raqamli davlat auditi böyiça eng yaxşi taşkilot” nominatsiyasi ğolibi deb topildi.
Davlat mablağlaridan samarali foydalaniş va islohotlar natijadorligini oşirişga qaratilgan davlat siyosati doirasida Hisob palatasi faoliyati transformatsiya qilinmoqda. Islohotlarga yönaltirilayotgan har bir mablağning hisob-kitobi asosli, sarflanişi qonuniy, natijasi esa aniq bölişi kerak. Mablağlardan foydalaniş samaradorligini baholaş, qonunbuzilişlarning oldini oliş va tizimli muammolarni bartaraf etiş böyiça asoslangan takliflar tayyorlaş ustuvor vazifamizdir. Xalqaro standartlarni qöllaş, raqamlaştiriş va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş işlari davom ettirilmoqda.
Hisob palatasi audit, axborot texnologiyalari va ma’lumotlar tahlili yönalişlaridagi vakant lavozimlar uçun ilk bor oçiq tanlov e’lon qildi. Ikki haftada 300 dan ortiq ariza kelib tuşdi. Nomzodlar orasida xorijiy universitetlar bitiruvçilari, xalqaro taşkilotlarda işlayotgan va xalqaro kasbiy sertifikatlarga ega mutaxassislar bor. Hozirda test sinovlari va tanlovning keyingi bosqiçlari ötkazilmoqda.
Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida Davlat auditi oliy maktabi taşkil etildi. Bakalavriat va magistratura öquv dasturlari QS hamda Times Higher Education reytinglarida tegişli sohalar böyiça birinçi 300 talikka kirgan universitetlar tajribasi asosida işlab çiqilib, tasdiqlandi. Dasturlarga CIPFA va INTOSAI standartlari böyiça ixtisoslaşgan modullar kiritildi.
Prezidentimiz ta’kidlagan “Bilimga — rağbat, mehnatga — imkoniyat, taşabbusga — madad” ğoyasi bizning faoliyatimizda ham ustuvor yönalişga aylanadi.
Bizning vazifamiz tahlil va aniq takliflarimiz orqali islohotlar yölidagi tösiqlarni bartaraf etişga hamda davlatmiz iqtisodiy manfaatlarini himoya qilib, jamiyatimiz farovonligiga xizmat qiliş böladi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7f4f3b1571a3018a40ef3acd.jpg)
“Sun’iy intellekt texnologiyalari davlat auditi sohasini intellektual rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqadi”
1782
26.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0161eda03a9ac89d4dddf55e.jpg)
Oʻzbekiston Prezidenti barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun tinchlik va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi
2702
11.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d17f97d1789f381415263b74.jpg)
Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya biznesi bilan amaliy hamkorlikni kengaytirishga chaqirdi
1903
20.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d2a2673bdef33bed336fd3a2.jpeg)
Hisob palatasi delegasiyasi XXV INKOSAIda ishtirok etdi
789
28.10.2025
Hisob palatasida 20 ta strategik davlat korxonalari faoliyati samaradorligi muhokama qilindi
1004
15.06.2026