15.06.2026
Hisob palatasida 20 ta strategik davlat korxonalari faoliyati samaradorligi muhokama qilindi
2026-yil 13-iyun kuni Hisob palatasida davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Respublika komissiyasi 20 ta strategik yirik davlat korxonalarida raqamlashtirish, xarajatlarni kamaytirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha faoliyat olib bormoqda.
Yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi O. Hakimov va Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullaev hamraislik qilishdi.
Unda strategik yirik davlat korxonalarining 2026-yil I chorak yakunlari, biznes-rejalar ijrosi hamda yillik prognoz ko‘rsatkichlari muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, hisobot davrida korxonalarning sotuvdan tushgan tushumi 123,6 trln so‘mni tashkil etib, rejaga nisbatan 115 foizga bajarilgan. Sof foyda 23,5 trln so‘mga yetgan bo‘lib, prognoz ko‘rsatkichi 159 foizga ta’minlangan. Shuningdek, xarajatlarni kamaytirish dasturi 6,5 trln so‘mga yoki 106 foizga bajarilgan.
O. Hakimovning ma’lumotiga ko‘ra, I chorakda 20 ta strategik korxonaning umumiy moliyaviy ko‘rsatkichlari ijobiy dinamikani namoyon etmoqda.
Shu bilan birga, ayrim korxonalarda biznes-reja ko‘rsatkichlari, tannarxni pasaytirish va raqamlashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosida kamchiliklar mavjudligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Xususan, 3 ta korxona — “Hududgazta’minot” (493 mlrd so‘m), “Issiqlik elektr tarmoqlari” (288 mlrd so‘m) va “Toshshahartransxizmat” (50 mlrd so‘m) — jami 831 mlrd so‘m zarar bilan yakun yasagan.
Zarar bilan faoliyat yuritgan ayrim korxonalarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va kredit yukini kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilab olindi.
Shuningdek, yig‘ilishda “Olmaliq KMK” AJ tomonidan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, elektron axborot tizimlarini joriy etish hamda operatsiyalarni avtomatlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi.
Shu bilan birgalikda, yig‘ilishda ayrim korxonalarda raqamlashtirish ishlari belgilangan muddatlarda to‘liq yakunlanmagani qayd etildi.
Xususan, 4 ta korxona “Yagona g‘aznachilik” axborot tizimini to‘liq ishga tushirmagan, 7 ta korxonada esa “Moliyaviy model” elektron dasturini joriy etish ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Muhokamalarda mas’ul vazirlik va idoralar, shuningdek strategik korxonalar rahbarlariga moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, xarajatlarni qisqartirish, mahsulot tannarxini pasaytirish va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida Komissiya hamraisi M. Abdullaev barcha rahbarlardan mas’uliyatni oshirish, ishlarni tizimli tashkil etish va belgilangan vazifalarni muddatida bajarish talab etilishini ta’kidladi.
Boshqa yangiliklar
Xitoy Milliy audit idorasi delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
1905
11.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1b49450df6e1a5c0310cc667.jpg)
Joriy yilning 1-choragida Hisob palatasi tomonidan Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar kompleks baholashdan o‘tkazildi.
416
27.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f5931ac976b5d1f3a488568e.jpg)
BAYRAM TABRIGI
509
06.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c8bb6d7c22e69c3d6b4a0540.jpg)
Vengriya Oliy audit organi O‘zbekiston Hisob palatasi bilan munosabatlari to‘g‘risida
2074
03.04.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_62ba9ea82783809349cbd37d.jpg)
Xitoyda ShHTga a'zo mamlakatlar yosh auditorlari uchun xalqaro seminar
1816
26.09.2025