Saytning eski versiyasiga o`tish

O'zb

28.10.2026

Töğridan-töğri şartnomalarni kompleks ekspertizadan ötkaziş talabini bajarmaganlik uçun ma’muriy javobgarlik belgilandi

Davlat xaridlarida kompleks ekspertizadan ötkazilişi şart bölgan töğridan-töğri şartnomalar böyiça uşbu talabning bajarilişini ta’minlamaganlik uçun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan.


Amaldagi qonunçilikka köra, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, şuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida töğridan-töğri şartnoma tuzişga ruxsat berilgan hollarda, qonunçilikda belgilangan talablarga muvofiq şartnomalar va ularga qöşimça kelişuvlar kompleks ekspertizadan ötkazilişi lozim.

Hisob palatasi tomonidan 2025-yil va 2026-yilning 1-çoragi davomida ötkazilgan audit tadbirlarida umumiy qiymati 300,7 mlrd söm bölgan 28 ta davlat xaridiga oid hujjat kompleks ekspertizadan ötkazilmagani aniqlangan.


Biroq 2026-yil may oyiga qadar mazkur talabga rioya etmaganlik uçun alohida ma’muriy javobgarlik nazarda tutilmagan edi.


2026-yil 7-maydagi ÖRQ–1144-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 175⁸-moddasiga tegişli qöşimça kiritilgan.


Unga köra,kompleks ekspertizadan ötkazilişi lozim bölgan davlat xaridlari böyiça töğridan töğri şartnomalarning kompleks ekspertizadan ötkazilişini ta’minlamaganlik mansabdor şaxslarga bazaviy hisoblaş miqdorining 15 baravaridan 20 baravarigaça jarima solişga sabab böladi.