Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat auditi sohasiga iqtidorli yoshlarni maqsadli yoʻnaltirish, yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
20.05.2026
Oʻzbekistonda davlat auditi sohasi uchun yangi avlod kadrlarini tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Mazkur qaror avval xabar qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–252-son Farmoni ijrosini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, davlat auditi sohasida xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribalar asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etadi.
Qarorga muvofiq, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida huquqiy maqomi fakultetga tenglashtirilgan Davlat auditi oliy maktabiga qabul tartibi belgilandi.
Shuningdek, “Davlat auditi” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi uchun oʻquv dasturlari dunyoning nufuzli Quacquarelli Symonds (QS) va Times Higher Education (THE) reytinglarida sohalar boʻyicha birinchi 300 talikka kirgan oliy taʼlim muassasalari tajribasi asosida ishlab chiqiladi.
Qaror bilan davlat auditi sohasiga iqtidorli yoshlarni saralab olish va maqsadli tayyorlash boʻyicha yangi mexanizmlar ham joriy etilmoqda. Xususan, “Davlat auditi” taʼlim yoʻnalishini tanlagan abituriyentlar uchun chet tili boʻyicha kamida B2 hamda matematika fanidan kamida B darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega boʻlish talabi belgilandi.
Bunda tegishli sertifikatlarga ega abituriyentlar chet tili va matematika fanlari boʻyicha test sinovlaridan ozod qilinib, faqat ona tili va Oʻzbekiston tarixi fanlaridan imtihon topshiradi.
Qaror davlat auditi tizimi uchun raqobatbardosh, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, xalqaro standartlar asosida ishlay oladigan professional kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, davlat auditi sohasida taʼlim, ilmiy-tadqiqot va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, yoshlarning ushbu sohadagi qiziqishi va ishtirokini oshirish boʻyicha keng qamrovli targʻibot ishlari amalga oshiriladi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c8bb6d7c22e69c3d6b4a0540.jpg)
Vengriya Oliy audit organi O‘zbekiston Hisob palatasi bilan munosabatlari to‘g‘risida
2716
03.04.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7f5559118da150080de915c2.jpg)
Hisob palatasi rahbariyati vakili O‘zbekiston futzal federatsiyasi vitse-prezidenti etib tayinlandi
1044
08.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_af3b6116525236de128d2bc9.jpg)
Prezidentimiz Oʻzbekiston – Rossiya hamkorligini rivojlantirish boʻyicha yangi takliflarni ilgari surdi
972
06.06.2026
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan maqsadli indikatorlar bajarilishini o‘rganish natijalari
1881
15.04.2026
Hisob palatasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
782
08.07.2026