08.07.2026
Hisob palatasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Hisob palatasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M. Abdullayev ishtirokchilarni qutlab, mazkur muloqotlar davlat tashqi auditi tizimini yanada takomillashtirish, parlament bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni muhokama qilish uchun muhim maydon ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida so‘nggi yillarda Hisob palatasi faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi. Xususan, keyingi ikki yilda davlat tashqi auditi tizimini takomillashtirish bo‘yicha 4 ta muhim Prezident farmoni qabul qilingani, jumladan, yaqinda qabul qilingan farmonda sun’iy intellekt va raqamlashtirishni keng joriy etishga doir strategik vazifalar belgilangani qayd etildi.
Ta’kidlanganidek, Hisob palatasida raqamli texnologiyalar asosida nazorat tadbirlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda audit jarayonlarini masofaviy shaklda o‘tkazish amaliyoti kengayib, joriy yilning birinchi yarim yilligida auditlarning qariyb 60 foizi masofaviy formatda amalga oshirildi.
Masofaviy nazorat natijalari samaradorligi ham alohida qayd etildi. Xususan, 27,1 trln so‘mlik risklar aniqlanib, ularning 8 trln so‘mi bartaraf etildi hamda 90 mlrd so‘mlik moliyaviy kamchiliklarning oldi olindi. Shuningdek, “Masofaviy audit” axborot tizimida beshta yo‘nalish bo‘yicha sun’iy intellekt texnologiyalari joriy qilinishi natijasida 107 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari bartaraf etildi.
Uchrashuvda joriy yilda Qonunchilik palatasida Hisob palatasining yillik hisoboti ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida alohida chora-tadbirlar dasturi qabul qilingani ham ma’lum qilindi. Mazkur dastur qonunchilikni takomillashtirish, pul-kredit siyosati, davlat aktivlarini boshqarish, ichki audit tizimini rivojlantirish hamda raqamlashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Tadbir doirasida deputatlarga ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, Hisob palatasi to‘g‘risidagi qonunga sun’iy intellekt va raqamlashtirishga oid normalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi taqdim etildi. Uning mazmun-mohiyati yuzasidan deputatlarning dastlabki fikr va takliflari muhokama qilindi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, davlat tashqi auditini yanada samarali tashkil etish, raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish va parlament bilan konstruktiv hamkorlikni izchil rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b2c4f8f1b47d594c5f81beed.jpg)
Yirik korxonalarda xavflarni boshqarish sohasidagi tahlilar bo'yicha amaliy seminar
3170
13.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_755184cf347420455fad5399.jpg)
O‘zbekiston – Turkiya Oliy audit organlari munosabatlari yanada mustahkamlandi
2105
04.05.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_21b102bf268798ed41c5cdfb.jpg)
Prеzidеntning O‘zbеkiston хalqiga Ramazon tabrigi
944
17.02.2026
Latviya Respublikasi Davlat audit idorasi bilan Hamkorlik kelishuvi imzolandi
2218
03.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d97c03bfd72f20e544d74f68.jpg)
Hisob palatasining faoliyati yangi sifat bosqichiga chiqmoqda
4218
18.12.2025