2025 yilning 27-31 oktyabr' kunlari Misr Arab Respublikasining Sharm ash-Shayx shahrida XXV INTOSAIning kongressi – INKOSAI tadbir va uchrashuvlarga boy bo‘ldi.
30.10.2025
XXV INKOSAI doirasida Hisob palatasi delegasiyasining ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

Butun dunyo auditorlar hamjamiyatini jamlagan ushbu Kongress doirasida O‘zbekiston Hisob palatasi delegasiyasi qator muhim ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Jumladan, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Vengriya, BAA, Chexiya, Slovakiya, Turkiya, Eron, Latviya, Estoniya, Ozarbayjon, Qozog‘iston Oliy audit organlari rahbarlari hamda INTOSAI Bosh Kotibi va INTOSAI Tarraqiyot dasturi (IDI) rahbari bilan samarali uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvlar davomida davlat auditini raqamlashtirish, sun'iy intellekt va katta ma'lumotlar texnologiyalaridan foydalanish, xalqaro tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilinib, hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.
Saudiya Arabistoni, Slovakiya va Latviya bilan yaqin oylarda ikki tomonlama Hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar imzolashga kelishildi.
INTOSAI Taraqqiyot dasturining donori bo‘lgan Saudiya Arabistoni Oliy audit organi rahbari doktor Xussam Alangari bilan axborot texnologiyalari va sun'iy intellektni O‘zbekiston Hisob palatasi faoliyatiga kengroq joriy qilish borasida amaliy hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha kelishildi.
Slovakiya Oliy audit organi rahbari Lyubomir Andrashi tomonidan munosabatlarni ko‘p tomonlama formatga olib chiqish taklifi bildirildi. Slovakiya, Vengriya, Chexiya va Pol'sha davlatlaridan iborat “Vishegrad guruhi” bilan hamkorlik qilish va ushbu guruhning Markaziy Osiyo bilan aloqalarida O‘zbekiston Hisob palatasiga “elchilik” vazifasini yuklatish qayd etildi.
Xitoy Bosh auditori (AZOSAI Bosh kotibi) Xou Kai bilan o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirish bo‘yicha samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 2026 yilda Samarqand shahrida AZOSAI davlatlari Oliy audit organlarining “Yosh auditorlari” uchun axborot texnologiyalari auditiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanni tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Chexiya Respublikasi Oliy audit organi rahbari Miloslav Kala bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Chexiya Respublikasi Oliy audit organining Davlatning aksiyalardagi ulushini boshqarish, hududiy ta'lim tizimini baholash, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalaridagi tadqiqotlarga ajratilgan mablag‘lar auditini o‘rganish kabi sohalarda o‘zaro amaliy hamkorlik qilish belgilandi.
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Oliy audit organi delegasiyasi bilan ham uchrashuv bo‘lib, unda axborot texnologiyalari va raqamlashtirish sohasida tajriba almashish masalalari qayd etildi.
Kongress doirasida, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Oliy audit organi bilan Anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ikki davlat Oliy audit organlari o‘rtasida ma'lumotlar almashinuvi, o‘quv dasturlarini amalga oshirish, audit metodologiyalarini hamkorlikda ishlab chiqish hamda raqamli audit sohasida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.
Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi delegasiyasining Misrga tashrifi samarali o‘tib, unda davlat auditini o‘tkazish, xalqaro standartlarni joriy qilish va raqamlashtirish borasida yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini berdi va INTOSAI, MDH, AZOSAI, EKOSAIga a'zo davlatlar Oliy audit organlari bilan o‘zaro muloqotning keyingi ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6ebec09264e7365a3513d763.jpg)
O‘zbekiston – Vengriya Oliy audit organlari Maslahatlashuv kengashining Samarqanddagi birinchi uchrashuvi
1776
27.03.2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASIDAGI VAKANT LAVOZIMLARGA TANLOV O‘TKAZISH BO‘YICHA E’LON
2455
30.09.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_92626b0c1bf85249abe26e83.jpg)
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
1194
12.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ad55a5e1d1c03a8c4ebf8e27.jpg)
O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy audit organlari o‘rtasida parallel audit masalalari muhokama qilindi
939
09.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6fce33862eb98f56d2363cab.jpg)
Hisob palatasi ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi
2215
14.04.2025