09.06.2026
O‘zbekiston va Ozarbayjon Oliy audit organlari o‘rtasida parallel audit masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston va Ozarbayjon Hisob palatalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish doirasida parallel audit tadbirlarini tashkil etish masalalari yuzasidan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur tadbir ikki mamlakat Oliy audit organlari o‘rtasida imzolangan Hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning davomi bo‘lib, davlat auditi sohasida tajriba almashish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratildi.
Uchrashuv davomida tomonlar ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda qo‘shma va parallel audit tadbirlarini tashkil etish, audit jarayonlarida qo‘llaniladigan yondashuvlar va metodologiyalar hamda audit natijalarining samaradorligini oshirishga doir masalalarni muhokama qildilar.
Ozarbayjonlik hamkorlar tomonidan 2026-yil sentabr oyida ilk parallel audit tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar bildirildi. Tomonlar mazkur tashabbuslarni amalga oshirish mexanizmlari, hamkorlikning tashkiliy-huquqiy jihatlari hamda audit mavzularini shakllantirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Ta’kidlanganidek, parallel auditlar davlat mablag‘laridan samarali foydalanilishini baholash, audit faoliyatining ta’sirchanligini oshirish hamda oliy audit organlari o‘rtasida ilg‘or tajribalar almashish uchun muhim maydon hisoblanadi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat Oliy audit organlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma tashabbuslarni izchil davom ettirish hamda davlat auditi sohasida xalqaro standartlar va ilg‘or amaliyotlarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Boshqa yangiliklar
Davlat audit sohasida malakali kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi
1335
11.09.2025
Xalqaro valyuta jamg‘armasi delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
83
06.04.2026
TDIUda Hisob palatasi faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
230
25.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_216eddd218e25f8eaa1ee2b9.jpg)
Aksilkorrupsiya tarmog‘i xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tdi
1457
27.05.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a7786e9339ab99836588f9b7.jpg)
Jahon banki bilan natijaga asoslangan moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi
1916
07.05.2025