O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Buyuk Britaniyaning ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) tashkiloti o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
14.10.2025
Hisob palatasi va ACCA o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Suhbat davomida davlat moliyasini boshqarish, audit sohasida ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish hamda Hisob palatasi xodimlarining kasbiy malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Hisob palatasi va ACCA o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar auditorlik sohasidagi xalqaro tajribalarni amaliyotga joriy etish, malaka va salohiyatni oshirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish zarurligini ta'kidladi.
Ma'lumot uchun: ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) — jahondagi eng nufuzli xalqaro buxgalterlik va auditorlik tashkilotlaridan biri bo‘lib, 180 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi. ACCA xalqaro standartlar, moliyaviy hisobdorlik va auditorlar malakasini oshirish bo‘yicha ilg‘or bilimlarni tadbiq etishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Muhokamalar davomida Hisob palatasi va ACCA o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzolash masalasi qayd etildi. Ushbu hujjat orqali tomonlar auditorlik sohasida bilim va tajriba almashish, o‘quv-seminarlar tashkil etish hamda xodimlar kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.
Shuningdek, uchrashuvda ACCA tomonidan quyidagi takliflar bildirildi:
– Hisob palatasi xodimlarini texnik vebinarlarga taklif etish orqali ilg‘or xalqaro tendensiyalar bilan tanishtirish;
– Davlat auditorlarini sertifikatlash tizimini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, mazkur yo‘nalishda o‘quv dasturini ishlab chiqishda texnik va metodologik yordam ko‘rsatish;
– Hisob palatasi bilan hamkorlikda maqsadli mavzularda qo‘shma konferensiyalar tashkil etish;
– Hisob palatasi xodimlari uchun ACCA o‘quv platformasida qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish orqali ularning kasbiy bilim va malakasini oshirishni qo‘llab-quvvatlash.
– Hisob palatasi uchun “ACCA Approved Employer” maqomini olish.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokamalarni amaliy bosqichga olib chiqish, Memorandum loyihasini kelishish va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ishlar boshlanganini ma'lum qildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f5bd28d7db17cbda4cd944c0.jpg)
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimlari auditdan o‘tkazildi
3040
02.10.2025
Xitoy Xalq Respublikasi Milliy audit idorasiga ilk tashrif
3055
12.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_cb19b7d3952b5d0865a552eb.jpg)
Davlatimiz rahbari Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi
1131
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1b49450df6e1a5c0310cc667.jpg)
Joriy yilning 1-choragida Hisob palatasi tomonidan Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar kompleks baholashdan o‘tkazildi.
1205
27.04.2026
Hisob palatasida yil yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi davr ustuvor vazifalari belgilab olindi
2459
29.12.2025