02.10.2025
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimlari auditdan o‘tkazildi
Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ayrim davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimlari faoliyati hamda korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish, “korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish Qashqadaryo viloyati hokimligi, Farmagentlik, O‘rmon xo‘jaligi va Texnik tartibga solish agentliklari, “Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” va “Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi” va ularning 207 ta tizim tashkilotlarida amalga oshirildi.
2025 yil 1 iyun holatiga Qashqadaryo viloyati hokimligi, O‘rmon xo‘jaligi va Texnik tartibga solish agentliklari va “Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi”da korrupsiyaga qarshi alohida ichki nazorat tarkibiy tuzilmasi tashkil etilgan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish bo‘yicha qator hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lishiga qaramay, ularni amalga oshirish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagan.
Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarining holati to‘g‘risida hisobotlar shakllantirilmagan, monitoring va nazorat qilish ishlari yo‘lga qo‘yilmagan. Umumiy va maxsus o‘qitish bo‘yicha dasturlar, xodimlarning manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi yillik deklaratsiyalarni tahlil qilish va manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi bo‘yicha reestrni yuritish to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan. Nomzodlar tekshiruvi o‘tkazilmasdan xodim ishga qabul qilingan va yuklatilgan funksiyalardan korrupsiyaviy xavf-xatarlar majburiy baholashdan o‘tkazilmaganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, Axborot tizimlarini joriy qilish holati bo‘yicha “Kiberxavfsizlik markazi” DUK ekspertizasidan o‘tkazilmagan Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha axborot tizimlari ishlab chiqilmagan va tegishli axborot tizimi ishga tushirilmagan.
Hisob palatasi tomonidan o‘rganilgan tashkilotlarda amaliy yordam ko‘rsatildi. Ichki tizimlarni joriy etish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasi ishlab chiqildi.
Yuqorida qayd etilgan qonunbuzilish holatlari, jumladan, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan Hisob palatasi tomonidan davlat tashkilotlariga ko‘rsatmalar kiritildi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/122225bc-47cd-5f09-7621-568121163b37.jpg)
Сув хўжалиги вазирлигида ижро интизомига бағишланган семинар
801
07.02.2025
Xavflarni boshqarish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
1242
20.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_e982de687472fc803edf05cc.jpg)
2026-yil mahalliy budjetlarini muhokama qilishda Hisob palatasi xulosalari taqdim qilinmoqda
1078
28.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6dbf9d59be56ce0e09bd0967.jpg)
Tijorat banklarida muammoli kredit qarzdorliklari masofaviy auditdan o‘tkazildi
1281
17.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_19ef958e33e7204b96fe2908.jpg)
Hisob palatasining 2024 yilgi faoliyati bo‘yicha hisoboti
1660
29.09.2025