Kelgusi yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va davlat budjeti parametrlari muhokama qilindi
Davlatimiz Rahbari huzurida 2025 yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026 yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Joriy yil 27 oktyabr kuni Davlatimiz Rahbari huzurida 2025 yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026 yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokamasiga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda joriy yil o‘tgan 9 oyida iqtisodiyotimiz 7,6 foizga o‘sib, jarayon prognozdan ancha yuqori surʼatda borayotgani, oltin-valyuta zaxiralari o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga ko‘payib, 55 milliard dollarga yetgani taʼkildlandi.
Shuningdek, Davlatimiz Rahbari aholi daromadlari 18,4 foizga, omonatlar 35,3 foizga, o‘rtacha ish haqi esa 19,2 foizga o‘sganini qayd etib,
barcha islohotlar aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi kerakligini alohida ko‘rsatib o‘tdilar.
Shu bilan birga, Davlatimiz Rahbari yuqori o‘sish surʼatlarini yil yakunigacha saqlab qolish, yalpi ichki mahsulot hajmini 135 milliard dollardan oshirish lozimligini taʼkidlab, byudjet intizomini taʼminlash, daromadlarni ko‘paytirish va xarajatlar ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatish bo‘yicha iqtisodiy kompleksga, shu jumladan Hisob palatasiga bir qator kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni belgilab berdilar.
Xususan, Hisob palatasi strategik tashkilotlarda xarajatlar, operatsion sarflar va resurslardan foydalanish samaradorligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazib samarasiz xarajatlarni qisqartirish choralarini ko‘radi.
Strategik korxonalarga biznes-rejalarini tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatiladi. Bunda, Hisob palatasi tomonidan tashkilotlar bilan hamkorlikda biznes-rejalar tanqidiy tahlil qilinadi, foyda va xarajat prognozlari ko‘riladi, xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha choralar belgilanib, ijrosi muntazam ravishda monitoring qilinadi.
Bundan tashqari, yirik soliq to‘lovchilarning byudjetga dividendlar to‘lash majburiyatlarini to‘liq amalga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilib, davlat daromadlarini ko‘paytirish va moliyaviy intizomni mustahkamlash borasida vazifalar bajariladi.
Shu bilan birga, Davlat Rahbarining topshirig‘iga asosan byudjetdan ko‘p mablag‘ oluvchi 22 ta vazirlik va idora hamda mahalliy hokimliklarda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini nazorat qilish bo‘yicha yangi tizim ishga turishiladi.
Davlat Rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar doirasida byudjet nazoratida raqamli transformatsiya, avtomatlashtirilgan audit va tahlil tizimlari joriy etiladi.
Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz yig‘ilishda belgilab bergan rejalar va vazifalar Davlat mablag‘larining samarali va maqsadli sarflanishini taʼminlashga, yuqori o‘sish surʼatlari sharoitida moliyaviy nazorat va hisobotliklik orqali iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_97a9ba51495e383c6ce55ca3.jpg)
Kimyo sanoatini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi
02.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7d047d561b6d4c5dfd0bffee.jpg)
Byudjet va ijro intizomini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi
22.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f3c009b9c3443b252646fc13.jpg)
Mahalliy byudjetlarning 2024 yil ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlari tashqi auditi natijalari kengashlarda muhokama qilindi
16.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_c733748f82db1af1b56577bc.jpg)
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
28.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/b6731ea1-091c-1ea0-a412-dbabadcee942.jpg)
Ҳисоб палатаси ходимлари учун ACCA ўқув дастури йўлга қўйилди
02.02.2025