15.02.2026
Markaziy bankda kiberxavfsizlik muammolari bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Hisob palatasi tashabbusi bilan “Axborot tizimlarini joriy etish va kiberxavfsizlikni ta'minlashda mavjud muammolarni tahlil qilish, bartaraf etish va ularni oldini olish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir Hisob palatasi rahbariyati tashabbusi bilan axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan va raqamli transformasiya jarayonlari chuqurlashib borayotgan sharoitda bank tizimida axborot xavfsizligini ta'minlash, mavjud kibertahdidlarni aniqlash hamda ularga qarshi samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida o‘tkazildi.
Seminarda Markaziy bankning birinchi o‘rinbosari, sohaviy yo‘nalishlarga mas'ul xodimlar, shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklarining rahbar o‘rinbosarlari hamda axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi uchun mas'ul mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Hisob palatasi, Markaziy bank hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning mas'ul xodimlari tomonidan ma'ruzalar taqdim etildi.
Ma'ruzalarda davlat banklarida axborot tizimlarini joriy etish jarayonida uchrayotgan tizimli muammolar, axborot xavfsizligini ta'minlashdagi mavjud kamchiliklar, shuningdek, ushbu sohada aniqlangan huquqbuzarlik holatlari va ularning kelib chiqish sabablari atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, kiberxavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha milliy qonunchilikda hamda xalqaro normalarda belgilangan talablar, jumladan, muhim infratuzilma sub'ektlarida kiberxavfsizlikni ta'minlash, xalqaro standartlar asosida xavflarni boshqarish, axborot tizimlarida himoya choralarini kuchaytirish, raqamli transformasiya sharoitida axborot xavfsizligining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Seminarda bank tizimiga xos bo‘lgan APT (Advanced Persistent Threat) turidagi murakkab va uzoq muddatli kiberhujumlar, ularning belgilari, aniqlash usullari hamda bunday tahdidlarga qarshi kompleks himoya strategiyalariga alohida e'tibor qaratildi.
Tadbir interaktiv formatda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Muhokamalar davomida amaliy tajribalar almashildi, bank tizimida axborot xavfsizligini ta'minlashda o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.
Mazkur amaliy seminar davlat banklari va tijorat banklarida axborot tizimlarini xavfsiz joriy etish, kiberxavfsizlikni ta'minlash hamda sohadagi xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6f6323e95487361fe5d47b45.jpg)
XXV INKOSAI doirasida Hisob palatasi delegasiyasining ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi
1791
30.10.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7f4f3b1571a3018a40ef3acd.jpg)
“Sun’iy intellekt texnologiyalari davlat auditi sohasini intellektual rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqadi”
127
26.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_31b8131d0f85af086670a56b.jpg)
Vengriya davlati Oliy audit organi vakili Kristof Kovach: “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi — namunaviy ish olib borayotgan audit tashkiloti”
132
24.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6dbf9d59be56ce0e09bd0967.jpg)
Tijorat banklarida muammoli kredit qarzdorliklari masofaviy auditdan o‘tkazildi
1534
17.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4e5e94d31f5bcec320360868.jpg)
O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik
1660
30.09.2025