16.03.2026
Davlat teatrlari faoliyati auditi
Hisob palatasi tomonidan davlat teatrlari bilan ta’minlanganlik darajasi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati hamda faoliyat samaradorligi masofaviy auditdan o‘tkazildi.

Madaniyat vazirligi tizimida jami 41 ta teatr, shundan 16 ta musiqali drama, 12 ta qo‘g‘irchoq, 7 ta drama hamda 2 tadan yoshlar, yosh tomoshabinlar va teatr-studiyalari faoliyat yuritadi.
Respublikamizda 1 ta teatr o‘rtacha 916 ming nafar aholiga to‘g‘ri kelsa, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida (259 ming nafar), eng past ko‘rsatkich Surxondaryo (1,4 mln nafar), Namangan (1,5 mln nafar) va Qashqadaryo (1,8 mln nafar) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Auditda jamiyatda teatr o‘rni va mavqeini oshirish maqsadida targ‘ibot va tashviqot ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish hamda tashrif buyuruvchilar transport vositalari uchun avtoturargohlar tashkil etish muhimligi ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, teatrlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish orqali vakant shtat birliklarining jozibadorligini oshirish hamda ijodiy ishlab chiqarish samaradorligini zamon talablari asosida tashkil etishda matbuot kotibi va PR xizmati mutaxassislari bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Shuningdek, tizimdagi xodimlarni xorijiy davlatlarda malaka oshirishi orqali yaratilayotgan asarlar sifati va teatr faoliyati samaradorligining oshishiga hamda teatr boshqaruvining takomillashishiga omillardan biri ekanligi tahlil qilindi.
Teatrlarda namoyish etilayotgan spektakllarni zamonaviy qayta sahnalashtirish hamda chekka hududlarda madaniyatni targ‘ib qilish va aholining madaniy ongini oshirish borasidagi ishlarni tashkil etish belgilandi.
Bunda teatrlar boshqaruvida spektakllarni reklama qilish va tomoshabin sonini oshirish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.
Audit yakuni bo‘yicha davlat teatrlari samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_eaefb543b2f7ac687b3edf88.png)
Toshkent shahar issiqlik ta’minoti uchun budjetdan ajratilgan subsidiyalarning asosliligi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari
722
08.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_10eb4852592b5a4e932300da.jpg)
BAYRAM TABRIGI
3186
28.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_01897bf9acd5acd91ed6bcac.jpg)
Ijro intizomini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy seminar
1730
29.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b802463fa079e7fe3e4fc61c.jpg)
Turkiy davlatlar Oliy audit organlari tashkiloti (TURKSAI) ga asos solindi
1577
23.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3406ac2ed61ac5f940eacfb5.jpg)
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi ustidan monitoring
2430
04.07.2025