26.04.2026
Hisob palatasi auditi natijalari muhokama qilindi: kamchiliklarni bartaraf etish va tizimni takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘tkazilgan audit natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari S. Radjabov boshchiligida o‘tkazilib, Innovatsion rivojlanish agentligi rahbariyati, ilmiy-texnik kengashlar vakillari hamda vazirlik va idoralardan mas’ullar ishtirok etishdi.
Shuningdek, yig‘ilishda Hisob palatasi mas’ul xodimlari ham ishtirok etib, sho‘ba mudiri N. Imonqulov tomonidan audit natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etildi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda innovatsion ekotizimni shakllantirish, ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishni kengaytirish, yoshlarni innovatsion faoliyatga jalb etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, 56 ta ilmiy yechim ishlab chiqarishga joriy etilgan, xalqaro hamkorlik doirasida 120 mln dollardan ortiq mablag‘ jalb qilingan, ilmiy maqolalar soni 34,6 foizga oshgan, 60 mingdan ortiq yoshlar innovatsion faoliyatga jalb etilgan, jami 735 ta ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirilgan.
Shu bilan birga, audit natijalari sohada qator muammolar mavjudligini ham ko‘rsatdi. Jumladan, uzoq muddatli strategik rejalashtirish yetarli darajada shakllanmaganligi, innovatsiyalarni tijoratlashtirish mexanizmlari samarali ishlamasligi, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalar amalda mavjud emasligi, xususiy sektor ishtirokining pastligi hamda universitet va sanoat o‘rtasidagi hamkorlik yetarli darajada emasligi ko‘rsatildi.
Shuningdek, ilmiy loyihalarni tanlash va moliyalashtirish jarayonlarida tanlov jarayonlarining shaffof emasligi, ekspertiza muddatlarining kechikishi, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, o‘xshash loyihalarga moliyalashtirish holatlari mavjudligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, startaplar va tijoratlashtirish yo‘nalishida ham samaradorlik past darajada ekani qayd etildi.
Yig‘ilishda Innovatsion rivojlanish agentligi rahbari A. Norov tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgani yuzasidan axborot berildi.
Shuningdek, agentlik rahbari o‘z chiqishida barcha kamchiliklarni bartaraf etish, moliyaviy intizomni kuchaytirish va loyihalar samaradorligini oshirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning qat’iy ijrosi ta’minlanishini ta’kidlab o‘tdi.
Muhokama yakunida, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarning oldini olish, audit tavsiyalarini to‘liq amalga oshirish, ichki audit tizimini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan bajarilishi dolzarb bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha kelishib oldilar.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d9909790a1001603533d059d.jpg)
Yangi Farmon OAV nigohida
467
17.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4f038ca930e8130bc2fa17cf.jpg)
Islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini qiynayotgan masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident tomonidan Hisob palatasiga berilgan topshiriqlar
1535
15.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_492cf581b6fb26cb5f52c63e.jpg)
Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi
4608
15.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_394da599ceffca80b168e4df.jpg)
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
716
08.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6fce33862eb98f56d2363cab.jpg)
Hisob palatasi ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi
1655
14.04.2025