Joriy yilning 28–29-may kunlari Belarus Respublikasining Minsk shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Oliy audit organlari ishtirokida “Davlat auditi faoliyatini raqamlashtirish, IT-texnologiyalar va sunʼiy intellektdan foydalanish” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
02.06.2026
O‘zbekiston Hisob palatasi vakillari Minsk shahridagi xalqaro seminarda ishtirok etdi

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakillari ishtirok etdi. Seminar davlat auditi sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarini chuqurlashtirish, sunʼiy intellekt va zamonaviy IT-texnologiyalarni audit amaliyotiga joriy etish, shuningdek, Oliy audit organlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan.
Tadbir doirasida ishtirokchilar uchun sunʼiy intellekt texnologiyalaridan davlat auditida foydalanish, axborot texnologiyalari sohasida davlat dasturlari auditini amalga oshirish, raqamli transformatsiya samaradorligini baholash hamda audit jarayonlarida innovatsion yondashuvlarni qo‘llashga bag‘ishlangan o‘quv sessiyalari o‘tkazildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilari Belarus Respublikasining Yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishib, raqamli yechimlar, zamonaviy tahlil platformalari hamda innovatsion IT-infratuzilmalarning davlat boshqaruvida qo‘llanilishi bo‘yicha amaliy tajribalarni o‘rgandi.
Xalqaro seminar davlat auditi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, raqamli audit bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda mamlakatimizda davlat moliyaviy nazorati tizimini yana-da takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Taʼkidlash lozim, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan xalqaro tajribalarni o‘rganish, IT-audit va sunʼiy intellekt texnologiyalarini davlat auditiga keng joriy etish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa davlat moliyaviy nazorati tizimi samaradorligini oshirish va zamonaviy raqamli audit mexanizmlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0161eda03a9ac89d4dddf55e.jpg)
Oʻzbekiston Prezidenti barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun tinchlik va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi
2759
11.12.2025
“Agroparranda klasteri” loyihasini moliyalashtirish va “Parrandasanoat” uyushmasini saqlash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi o‘rganildi
642
26.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d2bf14db6596240994e735b0.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida o‘tkazilgan samaradorlik auditi natijalari
1160
10.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_568645fc6927f3bd05ac66e6.jpg)
Oʻzbekiston sement ishlab chiqarish sohasi: Muammolar va yechimlar
1518
02.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ccd8c89371cd1a1162201006.jpg)
Chexiya Respublikasi delegatsiyasi vakillarining O‘zbekiston haqida fikrlari (Lusi Burianova, Veronika Trasakova)
929
24.05.2026