12.05.2026
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligida davlat auditi va moliyaviy nazorat tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir PF-252-son Farmon ijrosini ta’minlash, shuningdek davlat moliyaviy nazoratini tizimli ravishda kuchaytirishga qaratildi.
Seminarda vazirlik rahbariyati hamda tizimga kiruvchi 234 ta tashkilotdan 306 nafardan ortiq mas’ul rahbar va mutaxassislar, jumladan bosh hisobchilar, ichki audit va komplaens xizmatlari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Hisob palatasining vazirlikdagi vakili — Bosh inspektor D. Normatov tomonidan kun tartibidagi masalalar, jumladan Prezident farmonining mazmun-mohiyati, sohada joriy etilayotgan yangi yondashuvlar hamda davlat auditi tizimining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Ta’kidlanganidek, 2026-yil 1-apreldan e’tiboran davlat organlarida Hisob palatasi vakili — bosh inspektor instituti joriy etilgan bo‘lib, ushbu tizim moliyaviy nazoratning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligiga ajratiladigan budjet mablag‘lari jami 63,7 trln so‘mni tashkil etib, shundan 54 trln so‘mi (84,8 foiz) ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda ijtimoiy soliqqa, 500 mlrd so‘mi (0,8 foiz) kapital qo‘yilmalarga, shuningdek 9,2 trln so‘mi (14,4 foiz) davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga subsidiyalar, darsliklar, kompyuter va interaktiv doska, sport inventari hamda boshqa xarajatlarga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar va doimiy monitoring tizimlari orqali har bir budjet mablag‘i ustidan kuchaytirilgan nazorat o‘rnatilayotgani ta’kidlandi. Bu esa maktabgacha va maktab ta’limi tizimida takror sodir etilayotgan moliyaviy qonunbuzilishlarni barvaqt aniqlash, ularning oldini olish hamda mablag‘larning manzilli va samarali sarflanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga moliyaviy intizomni mustahkamlash, qonunbuzilishlarning oldini olish hamda nazorat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_abbf61f017bbd50d4d7cab39.jpg)
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tinglandi
2281
24.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f3af55ca1330c5b2fda58e9b.jpg)
Asosiy kuch va e'tibor sharoiti og‘ir tuman va mahallalarga qaratiladi
1497
22.01.2026
Davlat byudjeti mablag‘larining samarali sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatishga oid seminar bo‘lib o‘tdi
922
23.02.2026
Iqtisodiyot va moliya vazirligida davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
1252
05.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_ee962a7c2d66d5f7c92315c1.png)
Hisob palatasi va ACCA o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2234
14.10.2025