27.05.2025
Aksilkorrupsiya tarmog‘i xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tdi
Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan Aksilkorrupsiya tarmog‘i Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi 5-bosqich Bazaviy hisobotiga bag‘ishlangan xalqaro tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda doirasida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi islohotlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasining taqdimoti ham o‘tkazildi.
Tadbirda Hisob palatasi ham ishtirok etdi.
IHTT tomonidan taqdim etilgan Istanbul harakatlar rejasi asosida O‘zbekistonda olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi islohotlar tahlil qilinib, mavjud yutuqlar bilan bir qatorda, e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar ham ko‘rsatib o‘tildi.
Ma'lumot uchun: 2024 yilda O‘zbekistonda IHTTning Istanbul harakatlar rejasi 5-bosqich monitoringi o‘tkazilib, mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori baholangan edi.
Monitoring doirasida 9 ta samaradorlik sohasi, jumladan, davlat xaridlari, sud va prokuratura mustaqilligi, manfaatlar to‘qnashuvi, biznesda halollik kabi yo‘nalishlar qamrab olindi.
Bu yilgi tadbir doirasida har bir yo‘nalish bo‘yicha mahalliy va xorijiy ekspertlar o‘rtasida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, IHTTning tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” taqdimot qilindi va uni samarali amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4f038ca930e8130bc2fa17cf.jpg)
Islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini qiynayotgan masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident tomonidan Hisob palatasiga berilgan topshiriqlar
1535
15.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7646c770d6c55a3040e97b35.jpg)
BAYRAM TABRIGI
819
07.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a878f4f21f8e0c30d3ed34f9.jpg)
Yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha vazifalar belgilab olindi
2398
14.02.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4ece089f0a595867d3bef327.jpg)
Sergeli tumanida raqamlashtirish boʻyicha ishlar haqida maʼlumot berildi
591
03.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/3b8500b8-2324-1f8c-9477-f91fd4905391.jpg)
Ijro intizomiga bag‘ishlangan taqdimot
1556
17.01.2025