O‘zbekistonda “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida ishtirok etgan Bangladesh Xalq Respublikasi delegatsiyasi vakillari — Tahmina Akter hamda Banasri Basu — yurtimizda davlat auditini yangi bosqichga olib chiqish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda xalqaro hamkorlikning yuqori darajada ekanligini alohida e’tirof etdi.
26.05.2026
Bangladesh Xalq Respublikasi delegatsiyasi: — “Biz Bangladesh va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlari yanada mustahkamlanishiga ishonamiz”

Delegatsiya vakillari O‘zbekistonga birinchi bor tashrif buyurganliklarini ta’kidlab, ushbu mamlakat ularni o‘zining boy tarixi, samimiy mehmondo‘stligi va jadal rivojlanayotgan iqtisodiyoti bilan hayratga solganini aytib o‘tdi. Poytaxt Toshkent shahrini esa zamonaviylik va an’anaviylikning uyg‘un qo‘shilmasi sifatida ko‘z oldiga keltirishini ta’kidladi.
O‘zbekistonning so‘nggi yillarda amalga oshirgan islohotlari, ayniqsa raqamli transformatsiya sohasidagi yutuqlari delegatsiya a’zolarida chuqur taassurot qoldirganini qayd etib, davlat boshqaruvida shaffoflikni ta’minlash va elektron hukumatni rivojlantirish borasidagi izchil sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.
Shuningdek, konferensiya davomida Hisob palatasining Masofaviy audit markazi ish faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati bo‘lganligiga to‘xtalib, markazda real vaqt rejimida masofaviy audit o‘tkazish imkoniyati yaratilganligini va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlovchi ilg‘or texnologiyalardan samarali foydalanilayotganligini alohida qayd etdi.
Bundan tashqari, markaz dasturlarida sun’iy intellekt asosida avtomatik tahlil modullari yaratilayotganligi Bangladesh uchun ham ibratli namuna ekanligi ta’kidlandi.
Hamkorlik masalalariga to‘xtalib, delegatsiya Bangladesh Bosh audit idorasi (Comptroller and Auditor General of Bangladesh) va O‘zbekiston Hisob palatasi o‘rtasidagi hamkorlikni INTOSAI va ASOSAI doirasida yanada chuqurlashtirish zarurligini alohida ta’kidladi.
Shu maqsadda quyidagi amaliy takliflar ilgari surildi:
-ikki mamlakat auditorlari uchun birgalikda onlayn trening platformasini yaratish;
-IT auditi bo‘yicha yagona metodologik qo‘llanma ishlab chiqish;
-kiberxavfsizlik auditi sohasida tizimli tajriba almashish.
Delegatsiya a’zolari konferensiyani yuqori saviyada tashkil etgani uchun O‘zbekiston Hisob palatasi rahbariyati va barcha xodimlariga chuqur minnatdorlik bildirdi hamda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlari yanada mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_44d17df107f8cfa422b956e6.png)
Hisob palatasi INTOSAIning Big Data bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi
3169
17.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a7a07a236ea92771e679466a.jpg)
Suv xo‘jaligi vazirligida raqamlashtirish ishlari bo‘yicha muhokamalar
4001
01.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d97c03bfd72f20e544d74f68.jpg)
Hisob palatasining faoliyati yangi sifat bosqichiga chiqmoqda
4664
18.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4b50c2dcb260206463a2cabe.jpg)
Xitoy Milliy audit idorasi bilan memorandum imzolandi
2354
09.04.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_42dcbb49f67ce45f1f045b00.png)
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar
2058
03.07.2025