O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oliy audit organlari xalqaro tashkiloti (INTOSAI) doirasida faoliyat yurituvchi Katta hajmli ma’lumotlar (Big Data) bo‘yicha ishchi guruh (Working Group on Big Data) a’zoligiga qabul qilindi.
17.12.2025
Hisob palatasi INTOSAIning Big Data bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi

Ma’lumot uchun, INTOSAIning Big Data bo‘yicha ishchi guruhi 2016 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u audit jarayonlarida katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data), sun’iy intellekt va ilg‘or raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llashga yo‘naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan maydon hisoblanadi. Bugungi kunda Ishchi guruh tarkibida 30 dan ortiq Oliy audit organlari faol ishtirok etmoqda.
Ushbu Ishchi guruhning raisi — Xitoy Xalq Respublikasi Milliy audit idorasi, rais o‘rinbosari esa — AQSH Oliy audit organi hisoblanadi.
Ishchi guruhning asosiy maqsadi INTOSAIning strategik maqsadi — “Bilim almashish va xizmatlar” doirasida katta hajmli ma’lumotlar va ular bilan bog‘liq texnologiyalarni audit faoliyatiga joriy etish bo‘yicha bilim va tajriba almashishdan iborat.
Ishchi guruh faoliyati quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:
- Katta hajmli ma’lumotlar auditida yuzaga keladigan muammolar va imkoniyatlarni aniqlash;
- Sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili, statistik usullar va real vaqt rejimidagi monitoringni audit jarayonlariga integratsiya qilish;
- Oliy audit organlari o‘rtasida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama texnik hamkorlikni mustahkamlash;
- O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, amaliy tavsiyalar va ilg‘or tajribalarni ishlab chiqish;
- Xalqaro miqyosda tajriba almashish va amaliy taqdimotlar o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mazkur Ishchi guruh a’zoligiga qabul qilinishi davlat auditi tizimida raqamli transformatsiyani chuqurlashtirish, katta ma’lumotlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_dae02bdf9af049ba9d4d653e.jpg)
O‘zbekiston Hisob palatasi vakillari Minsk shahridagi xalqaro seminarda ishtirok etdi
959
02.06.2026
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining tibbiyot tashkilotlari oldidagi qarzdorligi o‘rganildi
720
26.08.2026
Strategik davlat korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
1589
12.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_78cade577a5ccddd4f46c3e3.jpg)
Senatda Ozarbayjon Hisob palatasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
1167
09.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_30f56f1464f6243f9c8709a0.jpg)
Kelgusi yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va davlat budjeti parametrlari muhokama qilindi
2574
28.10.2025