26.08.2026
Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining tibbiyot tashkilotlari oldidagi qarzdorligi o‘rganildi
Hisob palatasi tomonidan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) 65 ta tibbiyot tashkilotlari hamda Respublika onkologiya markazi oldidagi 2026-yil 1-aprel holatiga qarzdorligi va ularning qoplab berilishi o‘rganildi.
Jamg‘armaning 65 ta tibbiyot tashkilotidan 10 104 nafar bemor bo‘yicha 184,2 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, o‘rganish kuniga qadar 52,2 mlrd so‘mi (28,3 foiz) qoplab berilgan.
Respublika onkologiya markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tomonidan 10,7 ming nafar bemorga 118,7 mlrd so‘mlik tibbiy xizmatlar ko‘rsatilgan.
Markaz tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar bo‘yicha jami 55,9 mlrd so‘m, jumladan respublika darajasida 12 mlrd so‘m hamda Toshkent shahri aholisiga hududiy darajada 43,9 mlrd so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilmagan.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarning tibbiy xizmatlar hisobotida noo‘rin kiritilgan xarajatlar hisobiga qarzdorlik 26,7 mlrd so‘mga qisqartirildi.
Ma’lumot uchun: Davlat budjetidan 2025-yil va joriy yilning 1-choragida Jamg‘armaga 31 624,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, Jamg‘arma xarajatlari 31 516,9 mlrd so‘m ni tashkil etgan.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 2025-yilda 73 094 nafar bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatilgan bo‘lib, 2024-yilga nisbatan 4 559 nafar (6,7 foiz), 2023-yilga nisbatan esa 3 968 nafar (5,7 foiz)ga oshgan.
Nazorat tadbirida Jamg‘arma tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar hajmini o‘rganish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagani qayd etildi va qarzdorliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillar tahlil qilindi.
Jumladan:
Sog‘liqni saqlash vazirligining D-MED axborot tizimidan ma’lumotlar Jamg‘armaning MedRefer axborot tizimiga elektron shaklda uzatilmaydi;
Jamg‘armada imtiyozli toifadagi shaxslarga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar sifati, standartlarga muvofiqligi hamda ajratilgan mablag‘lar samaradorligi ustidan tizimli tahlil va baholash ishlari yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan;
Respublika onkologiya markazida KARMED, D-MED va MedRefer axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasi mavjud emas;
Respublika onkologiya markazida Toshkent shahri aholisiga hududiy darajada ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning (laboratoriya va diagnostik tekshiruv, jarrohlik amaliyoti, kimyoterapiya va radioterapiya) kafolatlangan paketi (hajmi) belgilanmagan;
Markazga elektron yo‘llanma asosida murojaat qilinishi belgilangan bo‘lsa-da, poytaxt oilaviy poliklinikalari tomonidan qog‘oz shaklidagi yo‘llanmalar asosida bemorlar qabul qilingan;
kasallikning og‘irlik darajasiga ko‘ra respublika darajasida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan jarrohlik va radiologiya xizmatlari Toshkent shahar hisobotida hududiy darajada hisobga olingan.
O‘rganish natijalari bo‘yicha sohani takomillashtirish, shu jumladan kelgusida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni davolash bo‘yicha ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga va Tibbiy sug‘urta jamg‘armasiga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d8e7d28e7a521f8ee15d6a20.jpg)
Davlat auditi tizimida sun’iy intellekt va raqamlashtirishni rivojlantirishga qaratilgan Prezident Farmoni qabul qilindi
781
05.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a7786e9339ab99836588f9b7.jpg)
Jahon banki bilan natijaga asoslangan moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi
2278
07.05.2025
Ozarbayjon Hisob palatasi vakili Toshkentdagi xalqaro konferensiya va ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yuqori baholadi
668
23.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/458ab4db-04c2-a944-9997-44e758329b59.jpg)
Farg‘ona viloyati hokimligida Prezident topshiriqlari ijrosiga doir seminar
2008
26.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1ca624ef97a77e573f046641.jpg)
Oʻzbekistonda davlat auditi sohasi uchun yangi avlod kadrlarini tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi
1692
20.05.2026