Hisob palatasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda byudjet mablag‘larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan ichki nazoratni kuchaytirish, byudjet intizomini mustahkamlash masalalari, Vazirlik va idoralarda ichki nazorat tuzilmalarini tashkil etish, ularning mustaqilligi va samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
30.07.2025
Raqamli texnologiyalar vazirligida byudjet mablag‘larining samarali ishlatilishi bo‘yicha yig‘ilish

Yig‘ilishda Hisob palatasi Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlarining idoralararo masofaviy nazorat markazi jamoasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi tegishli bo‘linmalari rahbarlari, Vazirlik huzuridagi agentlik, inspeksiya, muassasalar rahbarlari, ularning moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, ichki audit, korrupsiyaga qarshi komplaens-nazorati va boshqa mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularni oldini olish yuzasidan chora-tadbir belgilab olindi.
Xususan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va uning tarmoq departamentlari bilan birgalikda qator yo‘nalishlarda byudjet qonunchiligini buzilishini profilaktikasiga alohida e'tibor qaratish ta'kidlandi. Xususan, byudjet tashkilotlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘g‘ri hisoblanishi, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obektlarda amalga oshirilgan qurilish ishlarini monitoring qilish masalalari shular jumlasidan.
Shuningdek, byudjet tizimi byudjetlardan to‘lanadigan subsidiyalarni manzilliligi va samaradorligini baholash, davlat xaridlari qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish, davlat qarzi va grantlar hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar natijadorligini o‘rganish, byudjet jarayonlari barcha bosqichlarida maqsadli va samarali foydalanishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish lozimligiga alohida urg‘u berildi.



Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_af3b6116525236de128d2bc9.jpg)
Prezidentimiz Oʻzbekiston – Rossiya hamkorligini rivojlantirish boʻyicha yangi takliflarni ilgari surdi
973
06.06.2026
Davlat audit sohasida malakali kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi
2083
11.09.2025
Hisob palatasida yil yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi davr ustuvor vazifalari belgilab olindi
2459
29.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_2059077d15b24b38dc671af0.jpg)
Aholi bandligi va daromadini oshirish boʻyicha ishlar tanqidiy tahlil qilindi
495
10.09.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_492cf581b6fb26cb5f52c63e.jpg)
Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi
4945
15.12.2025