Bugungi kundagi davlat moliyaviy nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlar, jumladan davlat tashqi auditi va ichki auditda xalqaro standartlarni joriy qilish ushbu soha bo‘yicha malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirmoqda.
11.09.2025
Davlat audit sohasida malakali kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi
Mazkur masala yuzasidan, 12 sentyab' kuni Hisob palatasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU)da davlat moliyaviy nazorati va auditi yo‘nalishida malakali kadrlarni yetishtirish tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muhokamada Hisob palatasi raisi o‘rinbosari S. Mirzaev va tegishli tuzilmalar rahbarlari, shuningdek, Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, TDIU, Auditorlar palatasi, “Katta to‘rtlik”ka kiruvchi KPMG va Ernst&Young auditorlik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida TDIUda davlat auditi yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjat loyihasiga mutaxassislar tomonidan milliy va xalqaro tajribalardan kelib chiqib, takliflar ilgari surildi.
Ushbu tizimning asosiy maqsadi – iqtidorli yoshlarni davlat moliyaviy nazorati va auditi sohasiga maqsadli yo‘naltirish, ta'limni xalqaro standartlar va ta'lim dasturlari asosida olib borish, mazkur sohada ta'lim va ilmiy-tadqiqot ishlarini sifatli tashkil etishda manfaatdor tashkilotlar (kadrlar buyurtmachilari) hamkorligini ta'minlash.
Shu bilan birga, Universitetning o‘qitish jarayonlarini va moddiy texnika bazasini takomillashtirish orqali sohada chuqur nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish muhitini yaratish zarurligi ta'kidlandi.
Mutaxassislar tomonidan bildirilgan barcha takliflar muhokama qilingan holda normativ hujjat loyihasini takomillashtirish va uni amalga oshirish chora-tadbirlarini birgalikda ishlab chiqishga kelishildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_44d17df107f8cfa422b956e6.png)
Hisob palatasi INTOSAIning Big Data bo‘yicha ishchi guruhiga a’zo bo‘ldi
3169
17.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_17329af51aa8fac9b8d2b820.jpg)
Mahalla odamlar uchun ishonch, tayanch va imkoniyatlar markaziga aylanishi zarur
1109
17.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4f7ce4016a9a46726decf0a9.jpg)
“O‘zaeronavigatsiya markazi” faoliyati samaradorligi: tahlillar, muammolar va takliflar
782
16.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6ff194cead0d3100fbcc9df9.jpg)
OTB: “Oliy audit organlarini mustahkamlash: O‘zbekistondan saboqlar”
852
25.03.2026
Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi raisi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
1228
09.03.2026