2026 yil 22–23 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli (Big Data) ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida ikkinchi parallel sessiya o‘z ishini yakunladi.
23.05.2026
“Davlat auditida katta hajmli ma’lumotlarni intellektual tahlil qilishda mavjud muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida konferensiyaning ikkinchi parallel sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Sessiya davlat auditi sohasida katta hajmli ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, mavjud muammolar va innovatsion yechimlarni ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlandi.
Ikkinchi parallel sessiya “Davlat auditida katta hajmli ma’lumotlarni intellektual tahlil qilishda mavjud muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida tashkil etildi.
Sessiyada AZOSAI va INTOSAIga a’zo oliy audit organlari vakillari, xalqaro ekspertlar hamda taklif etilgan mutaxassislar ishtirok etdi. Shuningdek, xorijiy davlatlardan kelgan delegatsiyalar va xalqaro tashkilotlar vakillari ham muhokamalarda faol qatnashdi.
Sessiya davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-amaliy muhokamalar olib borildi:
-davlat auditida raqamli transformatsiyaning konseptual va metodologik asoslari;
-sun’iy intellekt texnologiyalari va tahlil usullari;
-Big Data asosida audit tahlili;
-masofaviy audit va avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari;
-kiberxavfsizlik va axborotni himoya qilish masalalari;
-riskka asoslangan yondashuv va avtomatlashtirilgan nazorat mexanizmlari.
Ishtirokchilar tomonidan ta’kidlanganidek, davlat auditida raqamli texnologiyalarni joriy etish audit samaradorligini oshirish, shaffoflikni ta’minlash va moliyaviy nazorat tizimini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sessiya yakunida bildirilgan fikr va takliflar xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda davlat auditi sohasida innovatsion yechimlarni joriy etishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.
Boshqa yangiliklar
Davlat qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar va investisiyalar bo‘yicha amaliy seminar
3485
16.09.2025
Xitoy Xalq Respublikasi Milliy audit idorasiga ilk tashrif
3055
12.09.2025
Aloqabankda “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida yoshlarning faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorlik auditi
1679
05.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b11a867f7516bed652aa2890.png)
Toshkentda Davlat auditini raqamlashtirish va sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkaziladi
1349
17.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f9d55e4d25ffcb48138900f6.png)
Misrlik auditor: “Sun’iy intellekt va raqamli audit davlat auditini yangi bosqichga olib chiqadi”
1031
22.05.2026