Joriy yilning 4–8 sentyabr' kunlari O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Abdullaev boshchiligidagi delegasiya Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi Milliy audit idorasi (Oliy audit organi)da amaliy tashrif bilan bo‘ldi.
Xitoy Xalq Respublikasi Milliy audit idorasiga ilk tashrif
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – ikki davlat Oliy audit organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash hamda tashqi audit sohasida tajriba almashish.
Bu O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi rahbariyatining Xitoy Milliy audit idorasiga ilk tashrifi hisoblanadi. Tashrif doirasida ikki mamlakat Oliy audit organlarining kengaytirilgan delegasiyalari o‘rtasida rasmiyuchrashuvbo‘libo‘tdi.
Xitoy Bosh auditori Xou Kai uchrashuv avvalida ikki idora o‘rtasida yuqori darajada o‘rnatilgan munosabatlar haqida mamnuniyat bilan so‘z yuritdi.
Ma'lumot o‘rnida: Joriy yilning 9-13 aprel' kunlari Xou Kai boshchiligidagi delegasiya yurtimizda amaliy tashrif bilan bo‘lgan edi. Tashrif davomida Xitoy Milliy auditi idorasi bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan Memorandum imzolangan edi.
M. Abdullaev O‘zbekiston va Xitoy xalqlari o‘rtasidagi chuqur tarixiy negizga ega an'anaviy do‘stlik munosabatlariga to‘xtalib, ikki mamlakat o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik salohiyati yuqori ekanligini qayd etdi. So‘ng M. Abdullaev hozirda Hisob palatasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli transformasion jarayonlar haqida batafsil ma'lumot berdi.
Uchrashuv davomida delegasiyalar tomonidan tayyorlangan taqdimotlar o‘tkazildi. Taqdimotlarda dolzarb bo‘lgan auditning tematik yo‘nalishlariga e'tibor qaratildi. Xususan, auditning xalqaro standartlar asosida o‘tkazilishi, ayniqsa masofaviy usulda o‘tkazilishi, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan ekologik auditi hamda qishloq xo‘jaligi yerlaridan maqsadli va samarali foydalanish auditi, axborot texnologiyalar auditi yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.
Ikki mamlakat Oliy audit organlari o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish, tashqi audit metodologiyalari, axborot texnologiyalari va innovasion yechimlar sohasida tajriba almashish, shuningdek, kadrlar salohiyatini oshirish va kasbiy rivojlanishni rag‘batlantirish bo‘yicha hamkorlikniizchil davom ettirishga kelishdi.
Shu bilan birga, ikki idora xodimlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvlarini yo‘lga qo‘yish, audit jarayonlarini raqamlashtirish, sun'iy intelekt va boshqa ko‘plab muhim bo‘lgan yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirishni ta'kidladi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Xitoy Oliy audit organlari o‘rtasida
3 yilga mo‘ljallangan Amaliy chora-tadbirlar rejasi imzolandi. Unga muvofiq, faoliyatga oid normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro almashinuvi, onlayn muloqot, o‘quv seminar va treninglar o‘tkazish va o‘zaro tashriflar orqali malaka oshirish masalalari ko‘zda tutilgan.
Qolaversa, audit standartlari, metodologiyalari, axborot tizimlari, sun'iy intellekt, Oliy audit organlari faoliyatini boshqarish va uning samaradorligini baholash mexanizmlari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ikki idora o‘rtasida professional darajadagi muloqotni rivojlantirishga kelishildi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6f6c509bda2bf869253a3d1b.jpg)
Latviya Davlat audit idorasi rahbari Oliy Majlis palatalarida qabul qilindi
04.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_648473e7593f44829e6ee848.png)
Hisob palatasi “Raqamli davlat auditi bo‘yicha eng yaxshi tashkilot” deb topildi
24.09.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/27151d48-0f60-0f79-41a2-a45d0b89f967.jpg)
Ommaviy tadbirlarda qatshish
05.02.2025
“Agroparranda klasteri” loyihasini moliyalashtirish va “Parrandasanoat” uyushmasini saqlash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi o‘rganildi
26.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_39a1844657af2767e3a71468.jpg)
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash auditi
17.03.2026