04.12.2025
Latviya Davlat audit idorasi rahbari Oliy Majlis palatalarida qabul qilindi
2025 yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Qonunchilik palatasida Latviya Respublikasi Davlat auditi idorasi rahbari Edgars Korchagins boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar avvalida mehmonlarga O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, jumladan, parlamentlararo hamkorlikning so‘nggi yillarda barqaror rivojlanib borayotgani, Senat va Qonunchilik palatasi, uning qo‘mitalari va komissiyalari faoliyati, qonun ijodkorligi jarayonlari haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Suhbatlar davomida davlat auditi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish, zamonaviy audit yondashuvlarini tatbiq etish hamda axborotga asoslangan boshqaruv amaliyotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Edgars Korchagins Latviyaning zamonaviy audit amaliyoti haqida maʼlumot berar ekan, mamlakatda asosiy eʼtibor samaradorlik va muvofiqlik auditlariga qaratilganligini aytib o‘tdi. Barqaror boshqaruv tizimi tufayli moliyaviy auditlarga ehtiyoj kamaygani ham taʼkidlandi. Shuningdek, xususiy auditorlar va ichki audit bo‘limlarining davlat auditi tizimidagi ishtiroki alohida qayd etildi.
Latviyada davlat auditi tavsiyalaridan byudjet jarayonida foydalanish amaliyoti bilan o‘rtoqlashildi. Xususan, har yili byudjet daromadlarini oshirish yoki xarajatlarni qisqartirishga xizmat qiladigan tavsiyalar bo‘yicha maxsus maʼlumot tayyorlanishi va uning Hukumat hamda Parlament tomonidan qarorlar qabul qilishda qo‘llanilishi taʼkidlandi.
Latviya tomoni O‘zbekistonda strategik boshqaruv, monitoring va baholash tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholandi. Audit jarayonlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish va raqamlashtirish tamoyillariga o‘tish davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishda muhim qadam ekani taʼkidlandi.
Muloqot davomida davlat dasturlari natijalarini tahlil qilish va axborot tizimlarini integratsiya qilish masalalari bo‘yicha ham hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha samaradorlik auditlari, xatarlarni baholash va ichki auditorlar bilan hamkorlik amaliyoti bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.



Boshqa yangiliklar
Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan maqsadli indikatorlar bajarilishini o‘rganish natijalari
101
15.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/b6731ea1-091c-1ea0-a412-dbabadcee942.jpg)
Ҳисоб палатаси ходимлари учун ACCA ўқув дастури йўлга қўйилди
1499
02.02.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0161eda03a9ac89d4dddf55e.jpg)
Oʻzbekiston Prezidenti barqaror rivojlanishni taʼminlash uchun tinchlik va ishonchni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi
1962
11.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6fce33862eb98f56d2363cab.jpg)
Hisob palatasi ShHTga a'zo mamlakatlar Oliy audit organlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi
1399
14.04.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f5bd28d7db17cbda4cd944c0.jpg)
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimlari auditdan o‘tkazildi
1693
02.10.2025