Prezident Shavkat Mirziyoev 1 iyul kuni raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt va telekommunikasiya sohalaridagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
30.06.2025
Prezidentga raqamli texnologiyalar sohasidagi rejalar taqdimot qilindi

Taqdimotda ta'kidlanganidek, kelgusi yilda davlat xizmatlarini raqamlashtirishni 70 foizga, IT xizmatlari miqdorini 100 trillion so‘mga yetkazish rejalashtirilgan. “Elektron hukumat rivojlanish indeksi”da kamida 55-o‘ringa ko‘tarilish maqsad qilingan. Bu ko‘rsatkichlarga erishish uchun qator hujjat loyihalari ishlab chiqilgan.
Davlatimiz rahbari keyingi “Raqamli hukumat” bosqichiga o‘tish vaqti kelganini ta'kidladi. Buni, eng avvalo, aholi eng ko‘p murojaat qiladigan ta'lim, tibbiyot, qurilish va kommunal sohalardan boshlash kerakligi aytildi.
Sohada xizmatlar hajmi va eksportini oshirish ham muhim vazifalardan. Hozirda bu boradagi ko‘rsatkichlarning asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelyapti. O‘zbekistondagi sharoit va imtiyozlar natijasida boshqa relokantlar ham yurtimizga kelishdan manfaat ko‘ryapti. Shu bois har bir hududda jozibador muhit yaratib, chet el kompaniyalarini jalb etish muhimligi ta'kidlandi.


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4ece089f0a595867d3bef327.jpg)
Sergeli tumanida raqamlashtirish boʻyicha ishlar haqida maʼlumot berildi
912
03.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_31b8131d0f85af086670a56b.jpg)
Vengriya davlati Oliy audit organi vakili Kristof Kovach: “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi — namunaviy ish olib borayotgan audit tashkiloti”
954
24.05.2026
Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
2036
27.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_0a4cb1ce52541ec4e5c44be7.jpg)
O‘zbekiston Prezidenti yangi formatdagi mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi
2243
15.11.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6b28558577319a7838f3009e.png)
21-oktabr Özbek tili bayrami kuni
103
20.10.2026