27.04.2026
Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
Hisob palatasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Kompaniya, tijorat banklari va soliq tizimlaridagi ma’lumotlar tahlili asosida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli ishlar va mavjud muammolar tahlil qilindi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi 2023-yilda tashkil etilgan bo‘lib, faoliyat maqsadi kichik va o‘rta biznesni kompleks qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: Kompaniya ta’sischiligida “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi, “TRK Invest”, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi va Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi tashkil etilgan.
Kompaniya tomonidan tadbirkorlik subyektlariga 2024–2025-yillarda 4,8 trln so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlov taqdim etilgan.
Ushbu davrda kelib tushgan arizalarning 80 foizi qanoatlantirilib, 42 mingta (shundan, 38 mingtasi yuridik shaxs) murojaat bo‘yicha moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan.
Kompaniya tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlariga 390 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun 433,1 mlrd so‘m resurs ajratgan hamda 3,2 trln so‘mlik 35,6 mingta loyihalarni qayta moliyalashtirgan.
O‘rganish jarayonidagi tizimli tahlillarda bir qator tizimli muammolar aniqlandi. Jumladan:
– Qayta moliyalashtirilgan 1 746 ta, kompensatsiya to‘langan 350 ta va resurs ajratilgan 22 ta tadbirkorlar faoliyati to‘xtatilgan;
– Moliyaviy yordamdan foydalangan 14,2 mingta tadbirkor tovar (xizmat)lar realizatsiya qilmagan;
– Moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan foydalangan 40 ming tadbirkordan faqat 288 tasi eksport amalga oshirgan;
– Tijorat banklari amalga oshirgan monitoringlarda 669 ta subyektga ajratilgan kreditlar maqsadsiz sarflanganligi aniqlangan;
– Kompaniyaning 2021 yilda joriy etilgan “Tadbirkor” axborot tizimining “Raqamli hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilmagan;
– “Hamroh” biznes portalida tijorat banklari bilan ayol tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha real vaqt rejimida ma’lumot almashish imkoniyati yaratilmagan;
– “Uzagrostar xolding” MChJ va ixtisoslashgan agro kompaniyalarni yagona xizmat ko‘rsatish va monitoring qilish platformasida funksional imkoniyatlar to‘liq yechim topmagan.
Umuman olganda, nafaqat kompaniya tizimida, balki respublika tizimlarida tadbirkorlarga turli moliyaviy instrumentlar orqali vazirlik va idoralar, kredit muassasalari tomonidan kompensatsiya, kafolat, subsidiya va boshqa imtiyozlar taqdim etilayotgan bo‘lsada, lekin ularni yagona muvofiqlashtirish tizimi mavjud emas.
Ta’kidlash joizki, qator rivojlangan davlatlar tajribasida, shu jumladan Janubiy Koreya, Germaniya, AQSH va Singapur davlatlarida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash moliyaviy instrumentlar aniq taqsimlangan 1–3 ta asosiy institut orqali amalga oshiriladi.
Misol uchun, kredit – banklar, kompensatsiya, kafillik va subsidiya – davlat, grantlar – maxsus fondlar tomonidan beriladi.
Bunda, davlat to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit bermaydi va banklar orqali moliyalashtirishni rag‘batlantiradi, barcha xizmatlar “bir darcha” tamoyili asosida ko‘rsatiladi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish maqsadida qator amaliy tavsiyalar taklif etildi. Jumladan:
– muammoli kreditlarni nafaqat holatini, balki uning sabablarini doimiy tahlil qilish va ularni qisqartirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish;
– Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshchiligida Kompaniya hamda vazirlik, idoralar va sohalar bo‘yicha barcha moliyaviy imtiyoz taqdim etuvchi tashkilotlarni, shuningdek ulardagi mavjud instrumentlarni xatlovdan o‘tkazish;
– imtiyozlar samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini belgilash va ularning monitoringini yo‘lga qo‘yish;
– bosqichma-bosqich yagona raqamlashtirilgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimiga o‘tish va ushbu faoliyatni tartibga soluvchi vakolatli organni, uning vazifalarini belgilashni nazarda tutuvchi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.
O‘rganish natijalari kompaniya mas’ullari bilan birma-bir muhokama qilindi va ularni bartaraf etish hamda kelgusida yo‘l qo‘yilishining oldini olish maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Boshqa yangiliklar
Hisob palatasida yil yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi davr ustuvor vazifalari belgilab olindi
1463
29.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_abbf61f017bbd50d4d7cab39.jpg)
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tinglandi
1739
24.07.2025
Ozarbayjon Respublikasi Hisob palatasi raisi O‘zbekistonga tashrif buyurdi
376
09.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6ff194cead0d3100fbcc9df9.jpg)
OTB: “Oliy audit organlarini mustahkamlash: O‘zbekistondan saboqlar”
300
25.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_3a981414509e573e1aeafe2b.png)
Bangladesh Xalq Respublikasi delegatsiyasi: — “Biz Bangladesh va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlari yanada mustahkamlanishiga ishonamiz”
73
26.05.2026