Hisob palatasi tomonidan Kadastr agentligi bilan birgalikda uy-joylarni hisobga olish tizimi, uning soliq bazasiga ta’siri hamda mahalliy budjet daromadlarini oshirish imkoniyatlari o‘rganildi.
02.01.2025
Uy-joylarni hisobga olish va mahalliy budjet daromadlarini oshirish imkoniyatlari o‘rganildi

O‘rganishlar natijasida so‘nggi yillarda aholiga tegishli uy-joylar va ulardagi qo‘shimcha qurilmalarni kadastr hisobida aks ettirish borasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilgani aniqlandi.
Xususan, hisobga olingan uy-joylar soni 2020-yilga nisbatan qariyb 700 mingtaga oshgan. Bu esa mol-mulk va yer soliqlari hisobiga mahalliy budjetlar uchun qo‘shimcha daromad manbalari shakllanishiga xizmat qilgan.
Shu bilan birga, o‘rganishda qo‘shimcha qurilmalarni kadastr bazasiga kiritish ishlarida tizimli muammolar mavjudligi qayd etildi. Jumladan:
fuqarolar tomonidan o‘z yer uchastkalarida amalga oshirilgan qurilishlar tegishli tartibda rasmiylashtirilmagani va kadastr ma’lumotlarida aks ettirilmagani sababli soliqqa tortish bazasi to‘liq shakllanmagan;
ayrim hududlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar qurilish obyektlarining amaldagi holati bilan kadastr ma’lumotlari o‘rtasida jiddiy tafovutlar borligini ko‘rsatdi. Bu holatlar mahalliy budjetlarga mol-mulk solig‘i tushumlarining kamayishiga olib kelmoqda;
jismoniy shaxslarga tegishli yer uchastkalaridagi qurilishlarni o‘rganish uchun kadastr va qurilish organlarining obyektga kirish vakolati yetarli darajada belgilanmagan. Natijada qo‘shimcha qurilmalarni aniqlash, ularni rasmiylashtirish va soliq bazasiga kiritish jarayoni murakkablashmoqda;
keyingi yillarda noturar obyektlarni turar joyga ixtisoslashtirish holatlari ko‘paygan bo‘lib, ayrim holatlarda belgilangan talab va shartlarga to‘liq rioya etilmagan holda berilgan ruxsatnomalar natijasida soliq bazasining qisqarishi va ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlarining yo‘qotilishiga olib keluvchi holatlar aniqlangan.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida ko‘chmas mulklarni hisobga olishning ariza asosidagi tizimi bilan bir qatorda tizimli va muntazam xatlov mexanizmini joriy etish taklif qilindi.
Bunda hududlardagi ko‘chmas mulk obyektlarini bosqichma-bosqich to‘liq xatlovdan o‘tkazish, aniqlangan qo‘shimcha qurilmalarni rasmiylashtirish uchun mulkdorlarga imkoniyat berish va rasmiylashtirilmagan obyektlarni kadastr hamda soliq bazalarida aks ettirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, aholi uchun uy-joy va yordamchi binolarni rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish, namunaviy loyihalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ko‘chmas mulklarning ixtisoslashuvini o‘zgartirishda aniq talablarni belgilash hamda ishlab chiqarish uchun qulay hududlardagi obyektlarni asossiz ravishda turar joy toifasiga o‘tkazishning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Mulkdorlarning mas’uliyatini oshirish, ruxsatsiz qurilishlarga nisbatan javobgarlik choralarini takomillashtirish va kadastr ma’lumotlarini yagona raqamli tizimlarda o‘z vaqtida aks ettirish ham takliflar qatorida belgilandi.
Mazkur choralarning amalga oshirilishi ko‘chmas mulk obyektlarining to‘liq va aniq hisobini shakllantirish, soliq bazasini kengaytirish hamda mahalliy budjetlarning qo‘shimcha daromad manbalarini oshirishga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4403b13492a599acd1835253.jpg)
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
1395
05.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_97068a092541ecf6a23d6798.jpg)
O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi
2138
26.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f5bd28d7db17cbda4cd944c0.jpg)
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimlari auditdan o‘tkazildi
3040
02.10.2025
Latviya Respublikasi Davlat audit idorasi bilan Hamkorlik kelishuvi imzolandi
2471
03.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_f5931ac976b5d1f3a488568e.jpg)
BAYRAM TABRIGI
1204
06.03.2026