Hurmatli aziz va muhtarama xotin-qizlar!
06.03.2026
BAYRAM TABRIGI

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi Sizlarni chin qalbdan samimiy muborakbod etadi.
Ayol — mehr-muhabbat, go‘zallik, sadoqat va hayot davomiyligining timsolidir. Sizlarning donoligingiz, matonatingiz va fidokorona mehnatingiz jamiyatimiz taraqqiyoti, oilalarimiz mustahkamligi hamda kelajak avlod tarbiyasida beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, ilm-fan, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalaridagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi yurtimiz ravnaqi yo‘lida samarali faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlarga o‘zining yuksak hurmat va ehtiromini bildiradi.
Ushbu qutlug‘ ayyomda Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, fayzu baraka, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Hayotingiz doimo quvonch, mehr va ezguliklarga to‘la bo‘lsin.
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi

Boshqa yangiliklar
Hisob palatasida Islom taraqqiyot banki baholash missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
917
26.07.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_d2bf14db6596240994e735b0.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida o‘tkazilgan samaradorlik auditi natijalari
1160
10.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_10eb4852592b5a4e932300da.jpg)
BAYRAM TABRIGI
3613
28.08.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7ab13ad0abc2fa6eef8a78b6.jpg)
Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt ishga tushirildi
608
25.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6141d32d988b3d25c4aaf9ce.jpg)
BAYRAM TABRIGI
2752
29.12.2025