Hurmatli yurtdoshlar! Kirib kelayotgan 2026-yil munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi Sizlarni samimiy muborakbod etadi!
29.12.2025
BAYRAM TABRIGI

Yangi yil — ezgu niyatlar, katta reja va umidlar sari ochiladigan yangi sahifadir. Ortda qolgan yil davomida muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar kelajakka bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamladi.
Yangi 2026-yil har bir xonadonga tinchlik-osoyishtalik, sog‘liq-salomatlik, fayzu baraka va farovonlik olib kelsin.
Yurtimizda barqarorlik, totuvlik va bunyodkorlik muhiti mustahkamlanib, ezgu maqsadlarimiz ro‘yobga chiqaversin.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi bundan buyon ham davlat moliyaviy nazorati tizimida ochiqlik, shaffoflik va samaradorlikni ta’minlash orqali mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.
Yangi yil barchangiz uchun omadli, barakali va muvaffaqiyatli bo‘lsin!
Yangi yilingiz bilan!
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi jamoasi

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_97a9ba51495e383c6ce55ca3.jpg)
Kimyo sanoatini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi
1877
02.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_30f56f1464f6243f9c8709a0.jpg)
Kelgusi yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va davlat budjeti parametrlari muhokama qilindi
2574
28.10.2025
Sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar
3198
15.12.2025
Davlat qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar va investisiyalar bo‘yicha amaliy seminar
3485
16.09.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_9ea9a786478ca25f73bcfde0.jpg)
Suv xo‘jaligi vazirligida topshiriqlar ijrosi yuzasidan audit o‘tkazildi
3860
03.10.2025