24.05.2026
Vengriya davlati Oliy audit organi vakili Kristof Kovach: “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi — namunaviy ish olib borayotgan audit tashkiloti”
2026 yil 21–23-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli (Big Data) ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Vengriya Oliy audit organi vakili Kristof Kovach ishtirok etdi va konferensiya jarayoniga yuksak baho berib, o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi.

“O‘zbekiston men kutgandan ancha rivojlangan mamlakat ekan va buning ustiga juda tez sur’atlar bilan rivojlanishda davom etmoqda”, — deb ta’kidladi Kristof Kovach.
Xususan, uning fikricha, Hisob palatasi nafaqat keng vakolatlarga ega, balki ushbu vakolatlarni amalda samarali qo‘llay olmoqda.
“Keng vakolatlarga ega bo‘lish — yaxshi, uni amalda samarali ishlatish — bundan ham yaxshiroq. O‘zbekiston aynan shu yo‘nalishda namunaviy ish olib bormoqda.”
Oliy audit organlari o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik masalasida janob Kovach har bir mamlakatda yagona oliy audit organi mavjud ekanini ta’kidlab, bunday konferensiyalarning naqadar qimmatli ekanini alohida izohladi:
“Har bir mamlakatda faqat bittagina oliy audit organi bo‘ladi. Shuning uchun xalqaro maydonga chiqib, bir-biridan o‘rganish va tajriba almashish — shart. Ko‘plab mamlakatlar vakillari bilan bir joyda uchrashish — bu qimmatli imkoniyat.”
Konferensiyaning tashkiliy jarayonini bir so‘z bilan “ajoyib” deb ta’riflagan janob Kovach texnik va logistik jihatdan ham, mazmun-mohiyat jihatidan ham tadbir nihoyatda yuqori darajada o‘tkazilganini qayd etdi.
U yordamchi xodimlarning samimiyligi va g‘amxo‘rligini alohida ta’kidlab, ularni “shaxsiy do‘stlarim” deb atadi.
Vengriyalik mehmon Hisob palatasining Masofaviy nazorat markazi bilan tanishgach, ayniqsa ushbu markaz katta qiziqish uyg‘otganini qayd etdi.
“Bunday keng qamrovdagi davlat tashkilotlari ma’lumotlar bazalarini yagona tizimga jamlash — bu katta yutuq.”
Vengriyalik mutaxassis ushbu tajribani Vengriya amaliyotida ham qo‘llash o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Shuningdek, u davlat auditida texnologiyalardan foydalanish kun sayin muhim ahamiyat kasb etayotgani sababli, IT audit sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini alohida qayd etdi.
Konferensiya yakunida esa vengriyalik mehmon qisqa va aniq taklif bildirdi:
“Bunday konferensiyalarni har yili o‘tkazaylik!”


Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_394da599ceffca80b168e4df.jpg)
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida davlat moliyaviy nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
716
08.05.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/fbcf64f7-0444-c01a-bd7a-98fdaf65f692.jpg)
Rossiya Federatsiyasi Hisob palatasi asos solinganining 30-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar
1684
16.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_888ce8dd6c160e3d70f7bde0.jpg)
Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid belgilangan vazifalar ijrosi hamda samaradorligi tahlili
1126
01.06.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/508114cc-8816-0920-e9a8-bf1ccde7c6ce.jpg)
Prezidentga moliyaviy nazorat rejalari bo‘yicha axborot berildi
1577
19.01.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_b802463fa079e7fe3e4fc61c.jpg)
Turkiy tilli davlatlar Oliy audit organlari tashkiloti (TURKSAI) ga asos solindi
2004
23.11.2025