Hisob palatasi tomonidan Davlat Rahbari huzurida 2024 yil 16 dekabr' kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta'minlash va daromadli qilish borasida berilgan topshiriqlar ijrosi o‘rganildi.
10.09.2025
Banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta'minlash va daromadli qilish borasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi

Ma'lumot uchun: Joriy yilning yanvar'-aprel' oylarida 1 770 ming nafar aholining bandligi ta'minlangan.
O‘rganishda aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha olib borilgan ishlar Dasturlar doirasida kreditlarni ajratilishi va ulardan samarali foydalanishda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Masalan:
– investisiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga aholini bandligini ta'minlash ko‘rsatkichi 70 foizga ijro qilingan;
– Investisiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga aholini bandligini ta'minlash bo‘yicha reja ko‘rsatkichi Toshkent viloyati va Toshkent shahridan tashqari birorta hududda bajarilmagan;
– “yangiish.mehnat.uz” elektron platformasiga fuqarolarning bandligi ta'minlanganligi xaqida ma'lumotlar takroran kiritilgan;
– bandligi ta'minlangan deb kiritilgan ayrim fuqarolarga o‘rganish davrida ish haqi hisoblanmagan;
– doimiy ish bilan ta'minlangan ayrim fuqarolarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan past ish haqi to‘langan;
– doimiy ishga joylashtirilgan deb ko‘rsatilgan fuqarolarning 5 foizi o‘rganish kunida ish bilan band emas;
– Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Moliyaviy ommaboplik” dasturi doirasida reja ko‘rsatkichlari hududlar kesimida Andijon, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida, banklar kesimida O‘zsanoatqurilishbank, Milliy bank va Xalq banki tomonidan ijrosi ta'minlanmagan.
O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, aholi bandligini ta'minlashda banklar faoliyati samaradorligini yanada samarali tashkil etish yuzasidan Hisob palatasining tegishli tavsiyalari taqdim qilindi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_6ebec09264e7365a3513d763.jpg)
O‘zbekiston – Vengriya Oliy audit organlari Maslahatlashuv kengashining Samarqanddagi birinchi uchrashuvi
1777
27.03.2025
Latviyalik auditorlar tomonidan Hisob palatasida o‘quv kurslari o‘tkazildi
2186
27.05.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_648473e7593f44829e6ee848.png)
Hisob palatasi “Raqamli davlat auditi bo‘yicha eng yaxshi tashkilot” deb topildi
716
24.09.2026
Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi
2037
27.04.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_47886fe23e19760fc2206c69.jpg)
BAYRAM TABRIGI
1071
17.02.2026