01.09.2025
Hisob palatasi tomonidan xalqaro auditorlik standartlari asosida ilk bor moliyaviy audit o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan davlat moliyasida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, xalqaro auditorlik amaliyotini rivojlantirish maqsadida Osiyo Taraqqiyoti Banki (OTB) hamda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish” loyihasining xalqaro auditorlik standartlari (ISA) asosida ilk bor moliyaviy hamda muvofiqlik auditlari o‘tkazildi.

Audit “Sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish” (2 va 3-bosqichlar) loyihasi doirasida davlat sektori uchun buxgalteriyaning xalqaro standartlari (IPSAS)ga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotlar, ularning ishonchliligi va mablag‘lardan samarali foydalanish holatini qamrab oldi.
Ma'lumot o‘rnida: IPSAS davlat mablag‘lari hisobdorligini ta'minlash, shaffof va o‘rnatilgan bir xil talablarga muvofiq hisobot yuritish maqsadida xalqaro miqyosda qabul qilingan standartlar hisoblanadi. Ular hisobotlardagi ma'lumotlarning ishonchli va xolis bo‘lishini, byudjet mablag‘lari to‘g‘ri sarflanishini va moliyalashtiruvchi tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilganligini ko‘rsatib beradi.
Audit jarayonida Hisob palatasi auditorlari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- OTB qarz bitimi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumat hissasi asosida ajratilgan mablag‘larning maqsadli, samarali hamda OTB talablariga va milliy qonunchilikka muvofiq sarflanishi tekshirildi.
- Avans va operasion bank hisob raqamlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar harakati to‘liq tahlil qilindi.
- Buxgalteriya hisoboti milliy standartlari (BHMS) asosida tuzilgan hisobotlar yig‘ilib, ularning xalqaro standartlarning talablariga muvofiqligi baholandi. Shuningdek, Hisob palatasi auditorlari Davlat sektori uchun buxgalteriya xalqaro standartlari (IPSAS) asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlar audit qilindi.
- Tuzilgan shartnomalar shartlari, majburiyatlar belgilangan muddatlarga rioya etilishi o‘rganildi.
- Tender savdolari, ishtirokchi tashkilotlar tarkibi, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, xarid hujjatlari va OTB tomonidan o‘rnatilgan qoidalariga muvofiqlik tahlil qilindi.
- Loyiha Ofisi xodimlarini tanlash, lavozimlarga tayinlash, malaka talablari, ishga qabul qilish tartibi, vazifalar taqsimoti va ish haqi hisob-kitoblari tahlil qilindi.
- Loyiha Ofisi tomonidan OTB hamda davlat organlariga taqdim etilgan hisobotlardagi ma'lumotlarning aniqligi va asosliligi ham tekshirildi.
- Audit natijalariga ko‘ra, loyiha samaradorligini oshirish maqsadida manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, xarajatlarni qayta baholash, loyiha boshqaruvi va ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish va kadrlar boshqaruvini kuchaytirish, shuningdek, IPSAS talablariga muvofiq hisobot yuritish va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha loyiha boshqaruvchilari hamda OTBga takliflar taqdim qilindi.
Audit jarayonida OTB va Hisob palatasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yildi. Ikki tomon davlat mablag‘laridan maqsadli foydalanish va hisobdorlikni ta'minlash bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni yuqori baholab, keyingi qo‘shma loyihalarda hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.
Hisob palatasi kelgusida ham xalqaro standartlar talablariga javob beradigan davlat audit amaliyotini yanada rivojlantirish, davlat mablag‘lari hisobdorligi va samaradorligini ta'minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiradi.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_4a97b8c7aa2570bf83ff5c4a.jpg)
Shavkat Mirziyoev: Yoshlarimizning har bir muvaffaqiyati biz uchun kuch-qudrat
1866
29.06.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_fd463905e1e2ccceffe182b1.jpg)
Mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini yanada mustahkamlashning ustuvor vazifalari muhokama qilindi
500
16.01.2026
Sun’iy intellekt texnologiyalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar
2171
15.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_af47320b0a0a27b80d826ef9.jpg)
Madaniyat vazirligi huzuridagi “Situatsion markaz”ning joriy faoliyati
935
03.08.2025
Davlat audit sohasida malakali kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi
916
11.09.2025