O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Jahon banki vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
07.05.2025
Jahon banki bilan natijaga asoslangan moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi

Muzokaralar davomida ushbu dasturning yangilangan moliyalashtirish mexanizmi, ya'ni dasturlarni avval davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtirib, erishilgan natijalarga qarab Jahon banki tomonidan kredit mablag‘larini jalb qilinishi yuzasidan fikr almashildi.
Hisob palatasi mazkur yondashuvni ijobiy baholadi hamda uning shaffoflik, hisobdorlik va samaradorlikni oshirishga xizmat qilishini alohida ta'kidladi.
Hisob palatasi raisi o‘rinbosari S. Mirzaev o‘z nutqida ushbu mexanizm O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan xalqaro standartlarga asoslangan audit tizimiga o‘tish jarayonlari bilan to‘liq uyg‘un ekanligini qayd etdi.
Xususan, so‘nggi yillarda Hisob palatasi faoliyatida samaradorlik, muvofiqlik va moliyaviy audit turlari joriy qilinganligi, masofaviy audit axborot tizimi ishga tushirilganligi, Hisob palatasi xodimlarining salohiyatini oshirishda amalga oshirilayotganligi ishlar hamda qator davlatlarning Hisob palatalari bilan xamkorlik kengayib borilayotganligi xaqida batafsil aytib o‘tildi.
Tomonlar bunday loyihalarni moliyalashtirish jarayonlarida hamkorlikda xalqaro standartlar asosida audit o‘tkazish masalasida ham kelishib oldi. Bu esa davlat moliyaviy nazorati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu uchrashuv Jahon banki va Hisob palatasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, davlat mablag‘larining oqilona va natijaga yo‘naltirilgan tarzda boshqarilishini ta'minlashga qaratilgan qadamlardan biridir.

Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_febc18d4b6f72531caabf8f9.jpg)
Pokistonlik auditorlar: “Raqamli davlat auditida xalqaro tajriba va o‘zaro fikr almashish muhimdir.”
937
26.05.2026
Qozog‘iston Respublikasi Oliy audit palatasi delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
906
04.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_169a8b0a1ceeeafb885f801d.jpg)
O‘zbekistonda yirik energetika quvvatlari ishga tushirildi va navbatdagilarining qurilishi boshlandi
3212
04.12.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_47886fe23e19760fc2206c69.jpg)
BAYRAM TABRIGI
1071
17.02.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_dae02bdf9af049ba9d4d653e.jpg)
O‘zbekiston Hisob palatasi vakillari Minsk shahridagi xalqaro seminarda ishtirok etdi
959
02.06.2026