26.05.2026
Pokistonlik auditorlar: “Raqamli davlat auditida xalqaro tajriba va o‘zaro fikr almashish muhimdir.”
Toshkent shahrida “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli (Big Data) ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida ishtirok etgan Pokiston Oliy audit organi vakillari janob Attik Ur-Rahman va Mizna Nasir xonim o‘z mamlakatida audit sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish amaliyoti hamda mazkur anjumanning soha rivojidagi o‘rni xususida fikr bildirdi.

Vakillarning ta’kidlashicha, davlat boshqaruvi tizimi shiddat bilan raqamlashayotgan bugungi davrda an’anaviy nazorat usullari o‘z dolzarbligini yo‘qotmoqda.
Innovatsion tahlil mexanizmlari va sun’iy intellekt algoritmlariga o‘tish esa audit sifati hamda shaffofligini yangi bosqichga olib chiquvchi yagona to‘g‘ri yo‘ldir.
Konferensiyada Pokiston Oliy audit organi vakillari o‘zlarining muvaffaqiyatli tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Pokistonlik mutaxassislar davlat sektorida sun’iy intellektdan hukumat qarorlarini qabul qilishni tezlashtirish hamda undan mas’uliyat bilan foydalanish zarurligini ta’kidladilar.
Mazkur xalqaro anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan davlat moliyaviy nazorati tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha belgilab berilgan strategik vazifalarning amaliy ijrosi hisoblanadi.
Xorijlik hamkasblar taqdimotda tadbirning asosiy missiyasiga to‘xtalib, u faqatgina global tajriba almashish maydoni emas, balki quyidagi maqsadlarga xizmat qiluvchi muhim platforma ekanini qayd etdilar:
-davlat auditida Big Data va SI imkoniyatlaridan maksimal foydalanishni ta’minlaydi;
-yosh auditorlarning raqamli tahlil va zamonaviy IT-ko‘nikmalarini shakllantiradi;
-ASOSAI doirasida a’zo davlatlarning o‘zaro integratsiyasini va yagona nazorat standartlarini yanada mustahkamlaydi.
Shuningdek, mutaxassislar axborot texnologiyalari auditida sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalaridan foydalanishda mazkur xalqaro konferensiya Oliy audit organlari duch kelayotgan muammolarni hal qilishda muhim maydon ekanligini hamda uni doimiy o‘tkazib turish zarurligini bildirishdi.
Pokistonlik mutaxassislar tadbir tashkilotchilariga chuqur minnatdorlik izhor etgan holda barcha Oliy audit organlari mutaxassislariga kelajakda omadlar tilab qolishdi.
Boshqa yangiliklar
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_1b49450df6e1a5c0310cc667.jpg)
Joriy yilning 1-choragida Hisob palatasi tomonidan Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar kompleks baholashdan o‘tkazildi.
910
27.04.2026
Qozog‘iston Respublikasi Oliy audit palatasi delegatsiyasi Hisob palatasiga tashrif buyurdi
654
04.03.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_7c2ad960197aca90a6300cc2.jpg)
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining byudjet ijrosi bo‘yicha taqdimoti tinglandi
2022
08.07.2025
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_a260d6e6a11199b8d834e6e7.jpg)
Prezidentimiz tadbirkorlikni yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi
384
17.08.2026
![[object Object]](https://back.ach.gov.uz/media/view/file_fd463905e1e2ccceffe182b1.jpg)
Mamlakatimiz harbiy xavfsizligi va mudofaasini yanada mustahkamlashning ustuvor vazifalari muhokama qilindi
2461
16.01.2026